Biz uchun “Milliy tiklanish” – milliy urf-odat, an’ana
va qadriyatlar, ko‘p asrlik tariximizni chuqur o‘rganish,
tiklash, qadrlash va targ‘ib etish, har bir vatandoshimiz
ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va
mustahkamlashda jamiyatning hamjihatlikdagi harakatidir.
“Milliy yuksalish” – mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkuri, hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi harakatdir.
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” shiorini
jonajon O‘zbekistonni qudratli davlat, O‘zbekiston xalqini
farovon el bo‘lish yo‘lida birlashtiruvchi da’vatdir.