Partiya tarixi

   1995-yil 3-iyun kuni Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasining taʼsis Qurultoyi qarori bilan partiya taşkil etildi.

   1995-yil 10-iyun kuni «Milliy tiklaniş» gazetasining ilk soni çop etildi.

   1999-yil 8-dekabrda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bölib ötgan saylovlarda partiyadan 12 nafar deputat saylangan.

   2008-yil 20-iyun kuni “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi va Fidokorlar milliy demokratik partiyasining birlaşuv qurultoyi bölib ötib, uşbu ikki partiya negizida yangi “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi (MTDP) taşkil etildi.

     Qurultoyda yangi partiyaning Markaziy Kengaşi va Nazorat-taftiş komissiyasi tarkiblari saylandi.

     2008-yil 21-iyun kuni ÖzMTDP Markaziy Kengaşining II Plenumi bölib ötdi. Plenumda Markaziy Kengaş Ijroiya Qömitasi aʼzolari 21 nafardan iborat tarkibda saylanib, ular orasidan Markaziy Kengaş Ijroiya Qömitasi raisi va uning Mafkuraviy işlar, Taşkiliy va kadrlar işlari, Xotin-qizlar masalalari hamda Yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosarlari saylandi.

     2008-yil 4-16-iyul kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida ikki partiyaning birlaşuv Konferensiyalari ötkazilib, ular negizida yangi partiyani tuziş böyiça taşkiliy guruh şakllantirildi. 2008- yil 11-avgust kuni MTDP Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan röyxatdan ötdi.

     2008-yil 13-avgust kuni “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi fraksiyalarining qöşma taʼsis yiğilişi bölib ötdi va Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi MTDPning yangi fraksiyasi tuzildi.

     2008-yil 9-sentyabrdan boşlab joylarda hududiy partiya taşkilotlarining taʼsis Konferensiyalari va Plenumlari ötkazildi. Jumladan, barça hududlarda MTDP hududiy partiya taşkilotlarining taʼsis Konferensiya va Plenumlari ötkazildi. Ularda Kengaş, Nazorat-taftiş komissiyasi, Kengaş Ijroiya Qömitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya Qömitasi raisi va uning örinbosarlari saylandi. Şuningdek, joylarda tuman (şahar) partiya taşkilotlarining taʼsis Konferensiya va Plenumlari ötkazilib, Kengaş, Kengaş Ijroiya Qömitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya Qömitasi raislari saylandi.