Partiya nizomi va dasturi

ÖZBЕKISTON “MILLIY TIKLANIŞ” DЕMOKRATIK PARTIYASINING USTAVI

Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi (bundan buyon matnda Partiya deb yuritiladi) Özbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy manfaatlari va siyosiy irodasini ifoda etuvçi siyosiy taşkilotdir. Partiya Özbekistonni rivojlantirişning – Yurt tinçligi, Vatan taraqqiyoti, Xalq farovonligi, “Milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari” – umummilliy ğoyalari atrofiga butun jamiyatni jipslaştirişga asoslangan yölini qöllab-quvvatlaydi. Bu ğoya Özbekistonning dunyodagi örni va roli, davlatning taktik va strategik maqsadlari va vazifalari, uning yangi xalqaro şaroitlarda hamda geosiyosiy voqeliklarda milliy manfaatlarni röyobga çiqariş va himoya qiliş borasidagi amaliy qadamlarini fuqarolar tomonidan töğri idrok etiş va anglaşiga asoslanadi. Partiyaning taşkiliy-huquqiy şakli jamoat birlaşmasi bölib, u jamiyatning turli guruhlari va qatlamlariga mansub bölgan, milliy manfaatlar va qadriyatlarni ustuvor qöygan hamda milliy davlatçilik asoslarini mustahkamlaşda, demokratik huquqiy davlat barpo etişda, yurtning gullab-yaşnaşini ta’minlaş hamda xalq farovonligini oşirişda ongli va mas’uliyatli tarzda iştirok etuvçi Özbekiston Respublikasi fuqarolarini ixtiyoriy asosda birlaştiradi.
1.2. Partiya öz faoliyatini Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi va boşqa qonun hujjatlari hamda uşbu Ustavga muvofiq amalga oşiradi.
1.3. Partiyaning faoliyati qonuniylik, oçiqlik, oşkoralik, vatanparvarlik, umummilliy birdamlik, adolat, bağrikenglik, ma’naviy yetuklik, öz xohiş-irodasini erkin bildiriş, partiyaga kiriş va çiqişning ixtiyoriyligi hamda öz a’zolarining teng huquqliligi prinsiplariga asoslanadi.
1.4. Partiya öz faoliyatini Özbekiston Respublikasi hududida amalga oşiradi.
1.5. Partiya yuridik şaxs bölib, Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga asosan yuridik şaxsning huquqlari va majburiyatlariga ega böladi.
1.6. Partiya öz muhri, tamğasi, blankalariga va Özbekiston Respublikasi banklarida hisob-kitob raqamlariga ega böladi. Partiya öz mol-mulkiga hamda mulkiy va nomulkiy huquqlarga egadir.
1.7. Partiyaning töliq rasmiy nomi:
– özbek tilida: Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi;
– rus tilida: Demokraticheskaya partiya Uzbekistana “Milliy tiklaniş”;
– qoraqalpoq tilida: Özbekstan “Milliy tiklaniş” demokratiyalik partiyasi;
– ingliz tilida: Democratic Party of Uzbekistan “Milliy tiklaniş”
Partiyaning qisqa rasmiy nomi:
– özbek tilida: ÖzMTDP;
– rus tilida: DPUz “Milliy tiklaniş”;
– qoraqalpoq tilida: ӨzMTDP;
– ingliz tilida: DPU “Milliy tiklaniş”.
1.8. Partiya öz ramzlari sifatida bayroği, emblemasi va vimpellariga ega bölişi mumkin.
1.9. Partiyaning doimiy faoliyat körsatuvçi rahbar organi joylaşgan yeri (poçta manzili): Özbekiston Respublikasi, Toşkent şahri, Çilonzor tumani, Çilonzor köçasi, 53-uy.

PARTIYANING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Partiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
– barqaror milliy rivojlanişni ta’minlaş, milliy manfaatlarni himoya qiliş va ilgari suriş, ma’naviy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analar, boy tarixiy merosni saqlaş va boyitiş, mamlakatimizda turizmni rivojlantirişga hissa qöşiş;
– Özbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy özlikni anglaş hissini oşiriş, milliy ğurur, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyğusini şakllantiriş hamda mustahkamlaş uçun qulay şaroitlar yaratiş;
– öz safida yurtning vatanparvarlarini birlaştiriş, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini Özbekiston manfaatlari hamda uning xalqaro obrö-e’tiborini oşiriş yölida safarbar etiş;
– yoşlarni milliy mustaqilligimizni, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni asrab-avaylaş ruhida tarbiyalaş, özlari qiziqqan kasb-hunarga yönaltirişga kömaklaşiş hamda yoşlar ongi uçun zararli bölgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoya qilişga hissa qöşiş, ularning Vatan ravnaqi yölidagi amaliy harakatlarini qöllab-quvvatlaş.
2.2. Partiya öz maqsadlariga erişiş uçun quyidagi vazifalarni amalga oşiradi:
– aholi örtasida tarğibot-taşviqot işlarini amalga oşiradi, Partiyaning maqsad va vazifalarini aholiga yetkazişga qaratilgan dasturlarni amalga oşiriş çoralarini köradi, aholini Partiya dasturi, joriy faoliyati haqida xabardor qiladi, Partiyaning saylovlarda iştirok etuvçi nomzodlari uçun saylovoldi taşviqotinitaşkil etadi;
– yoşlar bilan muntazam iş olib boradi, ularni Partiyaning yoşlarga oid siyosatini amalga oşirilişida iştirok etişga jalb qiladi, Partiya mafkurasini yoqlovçi siyosiy faol fuqarolarning yoş avlodini şakllantirişga kömaklaşadi;
– jamoatçilik e’tiborini muhim ijtimoiy-siyosiy va sotsialiqtisodiy muammolarga qaratadi hamda bu muammolarni partiyaviy vositalar orqali hal etiş yöllari töğrisida ijobiy ijtimoiy fikrni şakllantiradi;
– Özbekiston Respublikasi fuqarolarining manfaatlari, ehtiyojlarini örganadi, tahlil etadi va umumlaştiradi, öz e’tiborini muhim ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga qaratadi, yangi qonunlar va davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalari yuzasidan takliflar kiritiş vositasida öz saylovçilarining manfaatlarini amalga oşiriş şakllarini izlab topadi;
– xotin-qizlarning gender tengligi asosida qöllab-quvvatlanişiga hamda ularni iş bilan ta’minlaşga alohida e’tibor qaratadi;
– respublikamiz hududida “ommaviy madaniyat”ni tarqalişiga qarşi kuraş olib boradi, yoşlarni buzğunçi ğoyalar ta’siriga tuşib qolişlarini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar belgilaydi;
– boşlanğiç partiya taşkilotlari rahbarlarining, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasidagi Partiya fraksiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesidagi va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlaridagi partiya guruhlari a’zolarining, şuningdek, boşqa faollarning siyosiy savodxonligini oşiriş çora-tadbirlarini köradi. Partiya oldida turgan vazifalarni samarali hal etişga qodir va kelgusida Partiya rahbar organlari lavozimlariga hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda iştirok etiş uçun nomzodlar körsatiş maqsadida Partiyaning kadrlar zahirasini tayyorlaydi;
– xalq deputatlari tuman (şahar), viloyat, Toşkent şahar Kengaşlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga ötkaziladigan saylovlarda şakllantiriladigan barça saylov okruglari böyiça Partiyadan nomzod körsatiş orqali demokratik saylovlarda fuqarolarning tölaqonli iştirok etişini ta’minlaydi;
– Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida iştirok etadi;
– Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasidagi Partiya fraksiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesidagi va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlaridagi partiya guruhlari faoliyatini muvofiqlaştirib boradi, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati etib saylangan Partiya a’zolariga yordam körsatadi, ular orqali Partiya elektorati manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan qonun hujjatlarini qabul qilişga yönaltirilgan siyosiy taşabbuslar bilan çiqadi;
– fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, davlat va jamoat taşkilotlari bilan bevosita hamkorlikni amalga oşiradi.