Yoşlar qanoti

    “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi “Yoşlar qanoti” partiyaning mustaqil tarkibiy bölinmasi hisoblanadi va bevosita MTDP Markaziy kengaşi Ijroiya qömitasiga böysunadi. Partiyaning “Yoşlar qanoti” böğini MTDP tarkibida taşkil qilingan hamda MTDP yoşlarining qaraşlari, manfaat va maqsadlari muştarakligi asosida tuzilgan. Unga a’zo böliş ixtiyoriydir. MTDP “Yoşlar qanoti” böğini Özbekiston Respublikasi hududida öz faoliyatini amalga oşiradi.

     MTDPning “Yoşlar qanoti” Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Özbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar töğrisida”gi Qonuni va boşqa qonun hujjatlari, MTDP Ustavi va Dasturi, MTDP Markaziy kengaşi (MK) Ijroiya qömitasining qaror va buyruqlari hamda mazkur Nizomga muvofiq faoliyat yuritadi.

     MTDPning “Yoşlar qanoti” maqsad va vazifalarini MTDP Markaziy Kengaşi (MK) Ijroiya Qömitasi devoni Yoşlar masalalari bölimi (bundan keyingi matnlarda Bölim deb yuritiladi) yordamida amalga oşiradi. MTDP “Yoşlar qanoti”ning faoliyatiga umumiy rahbarlikni MTDP MK Ijroiya qömitasi devoni Yoşlar masalalari bölimi boşliği amalga oşiradi.