“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining hisoboti

04.11.2024


“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktyabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishga sarflanishi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2024-yil 20-sentyabrdagi №1378-sonli va №1380-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishga sarflanishi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma asosida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘tkazilishi uchun “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 12 milliyard 141 million 150 ming so‘m mablag‘ moliyalashtirildi. Ushbu mablag‘lar quyidagi saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish uchun sarflandi: - Televideniye orqali tashviqot uchun – 1 milliyard 017 million 522 ming 700 so‘m; - Telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot uchun – 908 million 637 ming so‘m; - Bosma nashrlarda saylovoldi tashviqoti uchun –650 million so‘m; - Tashqi reklama orqali tashviqot, shu jumladan audiovizual materiallar, fonogrammalar, bannerlar va boshqalarni ishlab chiqarish uchun – 1 milliard 628 million 790 ming 400 so‘m; - Bosma va boshqa ko‘rgazmali tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar, taqvimlar, nishonlar va boshqalar) ishlab chiqarish uchun – 5 milliard 427 million 124 ming so‘m; - Nomzodlarning, ularning ishonchli vakillarining, saylovoldi tashviqot guruhlari va boshqalarning xizmat safari xarajatlarini qoplash uchun – 1 milliard 617 million 457 ming 500 so‘m; - Siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti boshlanishidan oldin targ‘ibot materiallari tayyorlash uchun ishlatilgan, keyinchalik esa saylov kampaniyasi uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilgan shaxsiy mablag‘lari – 849 miilon 047 ming 100 so‘m; - Bank xizmati – 11 million 385 ming 400 so‘m; Jami: 12 milliyard 109 millon 964 ming 100 so‘m sarflandi. 2024-yil 30-oktyabrda 31 million 185 ming 900 so‘m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hisob raqamiga qaytarildi.