O‘zMTDP Markaziy kengashi, Toshkent shahar Uchtepa tumani Maqsud Shayxzoda ko‘chasi 1-G uyda joylashgan binosida joriy ta’mirlash ishlari uchun tender e’lon qiladi.

12.05.2025


Qurilish ishlari uchun ajratilgan mablag‘  122 419 298,00 so‘m.

Barcha takliflar e’lon berilgan sanadan boshlab 10 kun ichida qabul qilinadi.

Murojaatlarni qabul qilish uchun manzil va telefon:                                         

Toshkent shahri, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1G-uy

+998 (71) 239-45-77

 

1) Demontaj (eski qismlarni buzish va olib tashlash ishlari)

Gipsokarton shift va devor qoplamalarini demontaj qilish.

Pol qoplamasidagi linoleum yoki kovrolanlarni olib tashlash.

Yog‘och devorlardagi eshik romlarini demontaj qilish.

Eski plastik suv quvurlarini demontaj qilish.

Elektr kabellarini demontaj qilish.

Eski yoritish chiroqlari, o‘chirgichlar va rozetkalarni olib tashlash.

Ventilyatsiya havo kanallarini demontaj qilish.

Konditsionerlarning ichki bloklarini demontaj qilish.

Devor yuzalarini eski bo‘yoqlardan tozalash.

2) Ichki qurilish va bezak ishlari (zal qismi)

Metall karkas asosida gipsokarton osma shift o‘rnatish.

Shift yuzalarini gipsli aralashma bilan tekislash (suvoq).

Shiftlarni suv-emulsiya bo‘yoq bilan bo‘yash.

Metall karkas asosida gipsokarton devor qoplamalari o‘rnatish.

Devorlarni gipsli suvoq bilan tekislash.

Devorlarni suv-emulsiya bo‘yoq bilan bo‘yash.

Polga kovrolan qoplamasi yotqizish.

Pol chetlariga plastik plintuslar o‘rnatish.

Devor karkaslarini MDF panellar bilan qoplash.

Alyumin yoki metalloplast eshik bloklarini o‘rnatish.

3) Elektr montaj ishlari

Elektr kabellarini (VVGng turidagi) tortish.

Elektr simlarini gofra quvurlar ichidan o‘tkazish.

Elektr taqsimlash shkafi (elektr shit) o‘rnatish.

Avtomat o‘chirgichlar o‘rnatish.

Ikki klavishli o‘chirgichlar o‘rnatish.

Elektr rozetkalar o‘rnatish (oddiy va internet uchun).

LED panel chiroqlar o‘rnatish.

LED yoritgichlar va lyustralar o‘rnatish.

Elektr simlari uchun metall kabel kanallari va lotoklar o‘rnatish.

4) Santexnika ishlari

Ichki suv ta’minoti quvurlarini polipropilen quvurlar orqali o‘rnatish.

Suv tizimi uchun troynik, mufta va o‘tish qismlarini o‘rnatish.

Oshxona yoki xizmat joyi uchun rakovina o‘rnatish.

Suv aralashtirgich (smesitel) o‘rnatish.

Gaz ventili va quvurlarini o‘rnatish.

5) Navest (tashqi yopiq joy) qurilish ishlari

Tashqi hududdagi tosh qoplamani demontaj qilish.

Temir-beton lenta poydevor qurish.

Gazobeton bloklardan devor ko‘tarish.

Devorlarni suvoq qilish.

Devorlarni travertin dekorativ qoplama bilan bezash.

Tomdan tushadigan suv uchun vodostok quvurlari va novlarni o‘rnatish.

Navest shiftini Tunukabond dekorativ panellar bilan qoplash.

Mineral paxta bilan issiqlik izolyatsiyasi qilish.

Yer ishlarini bajarish va grunt tashish.

Shag‘al va beton asos tayyorlash.

Bruschatka (tosh) qoplama yotqizish.

Tutun chiqarish quvuri va soyabon (zont) o‘rnatish.

Granit plitalar o‘rnatish.

Oshxona uchun metall stol o‘rnatish.

Navest qismida elektr simlari, rozetkalar va LED chiroqlar o‘rnatish.