10.10.2025
Qurilish ishlari uchun ajratilgan mablag‘ 197 472 618,00 so‘m.
Barcha takliflar e’lon berilgan sanadan boshlab 10 kun ichida qabul qilinadi.
Murojaatlarni qabul qilish uchun manzil va telefon:
Toshkent shahri, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1G-uy
+998 (71) 239-45-77
1) Demontaj va tayyorlov ishlari
Eski asfalt qoplamani buzish va olib tashlash.
Shag‘al qoplamani buzish.
Buzilgan asfalt va shag‘alni yuklab olib chiqish.
Qurilish maydonini ish boshlashga tayyorlash.
Ortib qolgan tuproqni avtomashinalar yordamida olib chiqish.
2) Yer ishlari (transheya va kotlovan ishlari)
Ekskavator yordamida transheya qazish va tuproqni yuk mashinalariga yuklash.
Transheya va kotlovanlarni qo‘lda qazish va tozalash.
Tuproqni boshqa joyga ko‘chirish yoki to‘kib qo‘yish.
Qazilgan transheyalarni qo‘lda tuproq bilan qayta to‘ldirish.
Tuproqni suv bilan namlab zichlash (tromblash).
Ortiqcha tuproqni 10–20 km masofaga tashib ketish.
3) Muhandislik tarmoqlari (quvur va kabel ishlari)
Transheyaga PVC quvurlar (110 mm va 160 mm) yotqizish.
Quvurlarni o‘rnatish uchun shag‘al va qum asos tayyorlash.
10 kV gacha elektr kabellarini yotqizish.
Kabel ostiga qum yostiqcha tayyorlash.
Kabel ustini g‘isht bilan himoya qoplamasi qilish.
Kabellarni lotoklar, quvurlar va kanallarda o‘tkazish.
Kabel muftalari va ulash elementlarini o‘rnatish.
4) Yo‘l va qoplama ishlari
20 sm qalinlikda shag‘al asos tayyorlash.
Asfalt-beton qoplama yotqizish (4 sm qalinlikda).
Zarurat bo‘lsa asfalt qalinligini qo‘shimcha qatlam bilan oshirish.
Qurilishdan keyin hududni tekislash va yakuniy qoplama qilish.
5) Fundament, transformator podstansiyasi va yerga ulash ishlari
Fundament ostiga shag‘al va bitum bilan tayyorlov qatlami qilish.
Temir-beton fundament plitasini quyish.
Fundament devorlarini beton bilan qurish.
Fundament uchun armatura karkaslari va to‘rlarini tayyorlash va o‘rnatish.
Fundament devorlariga quvurlar va metall qismlarni joylashtirish.
Fundament yuzalarini bitumli gidroizolyatsiya bilan qoplash.
Fundament atrofida beton otmostka qilish.
10 kV gacha komplekt transformator podstansiyasini o‘rnatish.
Podstansiya uchun yerga ulash tizimini (zazemleniya) o‘rnatish:
burchakli po‘lat elektrodlari o‘rnatish
po‘lat lenta va dumaloq po‘lat orqali yerga ulash liniyasi tortish.