Kuşonlar imperiyasi
Kuşon imperiyasi I asr boşlarida Örta Osiyoning şarqiy qismida yaşagan etnik jihatdan hind-yevropalik köçmançilar uyuşmasi bölgan Yuyeçjilar (ruzielar) birlaşmasi sifatida boşlangan. Kuşon sulolasi, şuningdek, hukmron sulolalardan biri bölib, eramizning dastlabki III asrida Şimoliy Hindiston yarim-qitʼasi, Afğoniston va Markaziy Osiyoning baʼzi qismlarida hukmronlik qilgan. Yuyeçjilar Baqtriyani miloddan avvalgi II asrda egallab oladi va mamlakat 5 hokimlikka bölinadi. Ulardan biri Kuşonlar (Guyşuan) edi. Yuz yillardan söng Kuşon hukmdori Kujula Kadfiz (Kiotszyuko) Yuyeçji qirolligining siyosiy birligini taʼminladi.
Kuşon imperiyasi butun hukmronligi davrida Janubiy Osiyoning katta qismida hozirgi Afğonistongaça va butun Hindiston yarimoroli böylab öz nazoratini örnatdi. Şu bilan birga zarduştiylik, buddizm va ellinistik eʼtiqodlar ham şarqda Xitoy va ğarbda Forsga qadar tarqaldi.
Kanişka I (milodiy I asr) va uning avlodlari davrida Kuşon podşoligi öz taraqqiyotining çöqqisiga erişadi. Bu davlat Yevrosiyoning öşa davrdagi eng buyuk 4 qudratli davlatidan biri (Xitoy, Rim va Parfiya bilan birgalikda) deb tan olinadi. Kuşoniylar Markaziy Osiyoda va Xitoyda buddaviylikning tarqalişi hamda Mahayana buddaviyligi, Gandhara va Mathura sanʼat maktabi rivojlanişida katta hissa qöşgan.
Imperiyaning vujudga kelişi
Taxminan milodiy 20 yoki 30-yillarda kuşonlarni hun qabilalarining şafqatsiz ajdodlari bölgan Xiongnular ğarbga tomon siqib çiqargan. Söng kuşonlar hozirgi Afğoniston, Pokiston, Tojikiston va Özbekistonning çegaradoş hududlariga qoçib, öşa hududda Baqtriya deb atalgan mustaqil imperiyaga asos soladi. Baqtriyada ular skiflar va mahalliy hind-yunon podşohliklarini bosib oldi. Uşbu markaziy joylaşuvda Kuşon imperiyasi Xitoydagi xanlar, Forsdagi sosoniylar va Rim imperiyasi xalqlari örtasidagi boy savdo markaziga aylandi.
Rim oltini va Xitoy ipaklari Kuşon imperiyasida qöldan qölga ötib, kuşonlik olibsotarlar (savdodagi vositaçi odamlar)ga yaxşigina foyda keltirdi. Kuşoniylar asosan yirik oltin tangalar işlab çiqaruvçi Rim bilan savdo-sotiqni yölga qöygani ortidan farovonlikka erişadi. Yunon, Rim, Eron, hind buddaviylik ilohlari aks etgan hamda yunon harflari bitilgan uşbu tangalar Kuşon imperiyasida hukm surgan sinkretizm dini va sanʼatdagi bağrikengligini körsatadi.
Kuşonlar öz davrining buyuk imperiyalari bilan örnatgan barça aloqalaridan kelib çiqib, ularning boşqa köplab manbalaridan özlaştirgan muhim elementlarni öz içiga olgan yangi madaniyatni rivojlantirganini köriş mumkin. Asosan zarduştiylik dinida bölgan kuşonlar buddistlik va ellinistik eʼtiqodlarni ham özining sinkretik (turli din, madaniyat yoki qaraşlarni birlaştiriş) diniy urf-odatlari tarkibiga kiritadi. Kuşon tangalarida Helios va Gerakl, Budda, Şakyamuni Budda, Ahura Mazda, Mitra hamda zarduştiylik olov xudosi Atar kabilar tasvirlangan. Ular kuşon tiliga mos ravişda özgartirilgan yunon alifbosidan ham foydalangan.
Imperiyaning yuksalişi
Beşinçi imperator Buyuk Kanişka (şuningdek, xitoyça Çia-ni-se-çia) Kuşon sulolasining eng buyuk hukmdoridan biri bölib, 100–78-yillarda hukmronlik qilgan. Uning hukmronligi 23 yil davom etgan bölib, u bağrikeng hukmdor edi. U hukmronligi davrida Ipak yöli orqali Rim imperiyasi bilan örnatilgan aloqalar savdo-sotiq hamda ğoyalar almaşinuvining sezilarli yuksalişiga sabab böladi.
Gandhara sanʼat maktabi Kanişka podşoligidagi şarq va ğarb taʼsirining ajoyib namunasi bölib, unda Budda suratlarida yunon-rim çiziqlari aksini köriş mumkin bölgan. Kanişka dindor buddistlik borasida Mauriya imperatori Buyuk Aşokaga taqqoslangan. Uning zamonidagi tangalar Kanişkaning Buddadan taşqari zarduştiylik, yunon va Brahman ilohlarini ham hurmat qilganidan dalolat beradi.
Biroq dalillar şuni körsatadiki, u oliy sudya va serobgarçilik ilohi bölgan fors xudosi Mitraga siğinardi. U haqidagi maʼlumotlar Xitoy manbalari, xususan, buddaviylik yozuvlarida aks etgan. Şuningdek, Kanişka öz hukmronligi davrida stupa (budda ibodatxonasi sifatida qurilgan gumbaz şaklidagi bino) qurdirgan bölib, xitoylik sayohatçilarning maʼlum qilişiça, uning balandligi taxminan 183 metrni taşkil etgan va qimmatbaho toşlar bilan qoplangan ekan.Tarixçilar bu xabarlarni toki 1908-yilda Peşovarda mazkur ajoyib inşootning asosi topilgunga qadar uydirma deb hisoblaşgan.
Imperator uşbu stupani Buddaning suyaklaridan uçtasini joylaştiriş maqsadida qurdirgan. Xitoyning Dunxuang şahridagi Buddist kitoblari orasida stupaga oid havolalar topilgan.
Kanişka va Markaziy Osiyodagi xitoyliklar orasidagi aloqa hind ğoyalarining, jumladan, buddaviylikning Xitoyga kirişiga turtki bölgan deb hisoblanadi. Xitoyda buddaviylik milodiy II asrda paydo böla boşlagan. Şuningdek, buddaviylik homiysi sifatida Kanişka Mahayana buddaviyligi ibtidosi bölgan Kaşmirdagi törtinçi yirik buddaviylik kengaşini çaqirgan. Xitoy manbalarida keltirilişiça, bu kengaşda buddaviylik qoidalariga ruxsat berilgan şarhlar tayyorlanib, mis plitalarga öyib yozilgan. Uşbu matnlar faqatgina xitoyça tarjima va moslaşuvlarda saqlanib qolgan.
Uning hukmronligi davrida Kuşon imperiyasi hududi Hindiston yarim-qitʼasining şimoli, Afğoniston, Markaziy Osiyo va Kaşmir viloyatidan şimolga tomon va şarqdan Tarim havzasigaça — kuşonlarning asl vatani bölgan yerlargaça kengaydi. Kanişka imperiyani Peşovardan (hozirgi Pokiston) turib boşqargan, ammo uning imperiyasi hozirgi Şinjon yoki Şarqiy Turkiston hududidagi yirik Ipak yöli şaharlari — Qaşqar, Yorkand va Xötanni ham öz içiga olgan.
Hukmronligi davrida Kanişka stupa (budda ibodatxonasi sifatida qurilgan gumbaz şaklidagi bino) qurdirgan, xitoylik sayohatçilarning maʼlum qilişiça, uning balandligi taxminan 183 metr bölib, qimmatbaho toşlar bilan qoplangan ekan. Tarixçilar bu xabarlarni toki 1908-yilda Peşovarda bu ajoyib inşootning asosi topilgunga qadar uydirma deb hisoblagan. Imperator bu ajoyib stupani Budda suyaklaridan uçtasini joylaştiriş uçun qurdirgan. Öşandan beri Xitoyning Dunxuang şahridagi Buddist kitoblari orasida stupaga havolalar topilgan. Kanişka va Markaziy Osiyodagi xitoyliklar orasidagi aloqa hind ğoyalarining, jumladan, buddaviylikning Xitoyga kirişiga turtki bölgan deb hisoblanadi. Xitoyda buddaviylik milodiy II asrda paydo böla boşlagan.
Zaiflaşiş va qulaş
Milodiy 225-yildan keyin Kuşon imperiyasi deyarli Fors Sosoniylar imperiyasi tomonidan bosib olinib, ğarbiy qism va poytaxti Panjobda bölgan şarqiy qismga bölinib ketdi. Şarqiy Kuşon imperiyasi taxminan miloddan avvalgi 335–350-yillar oraliğida Gupta şohi Samudragupta tomonidan qulatilgan. Şunga qaramay, Kuşon imperiyasining taʼsiri buddizmning Janubiy va Şarqiy Osiyoning köp qismida tarqalişiga yordam berdi. Afsuski, kuşonlarning köplab amaliyoti, eʼtiqodi, sanʼat va matnlari imperiya qulaganida vayron bölgan. Xitoy imperiyalarining tarixiy solnomalari bölmaganda, ehtimol, bu tarix abadiy yöqolgan bölişi mumkin edi.