541 24.03.2025
MTDP Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 15-yanvardagi 3-yig‘ilishi qaroriga ilova
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi
Yoshlar parlamentiga saylov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan (bundan buyon matnda “Partiya” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylov o‘tkazish tartibini (bundan buyon matnda “Saylov” deb yuritiladi) belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti to‘g‘risidagi Nizom, partiya Ustavi va Dasturi, Saylovoldi dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 26-fevralda qabul qilingan 574–V-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori hamda partiyaning “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etiladi.
II. Saylovning maqsadi
3. Saylov yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va rag‘batlantirish, yosh avlodning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi faol ishtirokini ta’minlash, qonun ijodkorligi faoliyatiga keng jalb etish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga hurmat ruhida tarbiyalash, MTDP mafkurasi, dasturiy maqsad va vazifalarini qo‘llab-quvvatlovchi hamda targ‘ib etuvchi yoshlar safini kengaytirish maqsadida tashkil etiladi. Shu bilan birga ushbu saylov yoshlarda bahs-munozara madaniyatini shakllantirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish hamda partiyaning yoshlarga oid taklif va tashabbuslarini ilgari surish va hayotga tatbiq etish orqali partiya tizimida siyosiy yetakchilarning yangi avlodini tarbiyalash, vakillik organlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish, Yoshlar parlamenti a’zolarini saylash maqsadida o‘tkaziladi.
III. Saylovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
4. Saylovni tashkil etish va o‘tkazish partiya Markaziy kengashi hamda hududiy Kengashlari zimmasiga yuklatiladi. Ular saylovning tashkiliy masalalariga oid hujjatlarni, Saylov hay’ati va Tashkiliy qo‘mita a’zolari tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
5. Saylov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolati muddati tugagunga qadar (besh yil) muddatda 1 marotaba o‘tkaziladi.
Saylov 2 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi.
Birinchi yo‘nalish, Partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hududlarda bir mandatli saylov okrugidan saylangan deputatlarning o‘rni bo‘yicha 2 bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqich: partiyaning viloyat Kengashidagi bosqichi (2–3 aprel oralig‘ida);
2-bosqich: yakuniy (respublika) bosqichi (7-9 aprel oralig‘ida).
Ikkinchi yo‘nalish, partiyaning Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida saralanadi. (10-14 aprel oralig‘ida).
Saralash jarayoni belgilangan tartibda tashkil etiladi hamda Markaziy kengashga mazkur Nizomga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi va partiya Markaziy Kengashi qarori bilan tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan nomzodlar suhbat asosida saralanib, ro‘yxati shakllantiriladi.
IV. Tashkiliy qo‘mita va Saylov hay’ati
6. Saylov o‘tkazishda ikki bosqich uchun alohida Tashkiliy qo‘mita va Saylov hay’ati tuziladi.
7. Ushbu tuzilmalarga Markaziy va hududiy Kengashlarning raislari yoki ularning o‘rinbosarlari rahbarlik qiladi.
8. Tashkiliy qo‘mita partiya Markaziy kengashida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida 7-9 nafar tarkibda tuziladi. Tashkiliy qo‘mitaga mos ravishda partiya Markaziy kengashi raisining tegishli o‘rinbosari, hududiy Kengashlarning raislari rahbarlik qiladi.
9. Tashkiliy qo‘mita tarkibiga mos ravishda partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosarlari yoki partiya fraksiyasi rais o‘rinbosarlari, shuningdek partiya hududiy Kengashlari raisi o‘rinbosarlari, partiyaning “Yoshlar qanoti” yetakchilari hamda partiya apparati xodimlari kiritiladi.
10. Tashkiliy qo‘mita ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.
11. Saylov hay’ati partiya Markaziy kengashida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida 9-11 nafar tarkibda tuziladi. Saylov hay’atiga mos ravishda partiya Markaziy kengashi raisining tegishli o‘rinbosari, hududiy Kengashlarning raislari rahbarlik qiladi.
12. Saylov hay’ati tarkibiga partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosarlari, hududiy Kengashlar raisi o‘rinbosarlari yoki partiya fraksiyasi raisi o‘rinbosarlari, Faxriylar kengashi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, partiyaning “Yoshlar qanoti” yetakchilari, jamoat tashkilotlari vakillari hamda partiya apparati xodimlari kiritiladi.
13. Saylov hay’ati saralashning hududiy bosqichida nomzodlarni baholaydi, eng faol nomzodlarni respublika bosqichiga tavsiya etadi.
14. Respublika Saylov hay’ati hududlardan tavsiya etilgan eng faol nomzodlarni ko‘rib chiqib, yakuniy qaror qabul qiladi.
V. Saylov shartlari
15. Saylovda ishtirok etadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan oliy (tugallanmagan oliy) ma’lumotga ega, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, partiyaga a’zo yoki xayrixoh bo‘lgan faol yoshlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari yordamchilari va partiya tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar hamda Yoshlar parlamentiga avvalgi saylovda saylanganlar Yoshlar parlamentiga nomzod sifatida hujjat topshirishi mumkin.
Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga partiyadan saylangan deputatlarning okrugidan bo‘lishi shart.
Nomzodlar umumiy sonining kamida qirq foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
16. Quyidagilar saylovda nomzod sifatida ro‘yxatga olinmaydi:
17. Ishtirokchilar tomonidan hududiy partiya tashkilotiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
VI. Saylov bosqichlari
18. Birinchi bosqich:
Hududiy partiya tashkilotlari qoshida tashkil etilgan Tashkiliy qo‘mitalar tomonidan belgilangan saylov okruglarida Yoshlar parlamentiga bo‘lib o‘tadigan saylovlar haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi.
(16-yanvardan – 1-martgacha).
Tashkiliy qo‘mitalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizom talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi hamda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
Hududiy partiya tashkilotlari qoshidagi Saylov hay’ati nomzodlarning Saylovoldi dasturiga oid taqdimotini ko‘rib chiqadi va suhbat o‘tkazadi. (Suhbat masofaviy shaklda tashkil etilishi ham mumkin). Nomzodning taqdimoti 5 ballik tizim asosida yopiq ovoz berish yo‘li bilan baholanadi. Eng ko‘p ball to‘plagan 3 (uch) nafar nomzodning hujjatlari hududiy Saylov hay’ati raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan partiya Markaziy kengashi qoshida tuzilgan Saylov hay’atiga taqdim etiladi.
19. Ikkinchi bosqich:
Respublika tashkiliy qo‘mitasi hududiy saylov hay’ati tomonidan saralangan nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va respublika saylov hay’ati muhokamasiga kiritadi.
Respublika saylov hay’ati ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlarning partiya saylovoldi dasturi yuzasidan taqdimotini ko‘rib chiqadi va suhbat o‘tkazadi (Suhbat masofaviy shaklda tashkil etilishi ham mumkin).
Baholashda saylov hay’ati a’zolari tomonidan ushbu Nizomning VI-bandi,
20-qismida qayd etilgan jihatlarga e’tibor qaratiladi.
Har bir saylov okrugidan eng ko‘p ball to‘plagan 3 nafar nomzoddan 1 nafar g‘olib aniqlanib, Qonunchilik palatasidagi Yoshlar masalalari bo‘yicha Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Ushbu saylovda faol qatnashgan biroq, yetarli ball to‘play olmagan yoshlar partiyaning kadrlar zaxirasiga olinadi.
Saylovning barcha bosqichlari partiyaning rasmiy sahifalari va OAVda keng yoritib boriladi.
20. Birinchi va ikkinchi bosqichda nomzodlarning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratiladi:
21. Saylovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar va materiallar nomzodlarga qaytarilmaydi.
22. Nomzodning taqdimot natijalariga ko‘ra, respublika Saylov hay’ati partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlari soniga mos ravishda munosib nomzodlarni yashirin ovoz berish yo‘li orqali (ma’muriy-hududiy birlik asosida) saylaydi.
23. Partiyaning saylovda nomzodlarning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratiladi:
24. Saylov hay’ati qaroriga binoan partiya faoliyatida o‘z bilimi va iqtidorini ko‘rsatgan, uning imijini keng jamoatchilik, xususan, yoshlar orasida targ‘ib qilib, namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yoshlarga ustunlik berilishi mumkin.
VII. Murojaatlarni ko‘rib chiqish
25. Saylov natijalaridan norozi nomzodlar uch kun ichida partiya Markaziy kengashi qoshida tashkil etilgan Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.
26. Apellyatsiya komissiyasi besh kun ichida murojaat bo‘yicha o‘z xulosasini taqdim etadi.
27. Apellyatsiya komissiyasi besh kishidan iborat bo‘lib, partiya Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan tashkil etiladi.
VIII. Nizomning kuchga kirishi
Mazkur Nizom partiya Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.
NAMUNA
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylov o‘tkazuvchi hududiy saylov hay’ati raisi __________________________ga
Samarqand viloyati, Qo‘shrabod tumani, “____” MFYda yashovchi Abdullayeva Sitora Rustam qizidan
Ariza
Meni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga bo‘lib o‘tadigan saylovda Samarqand viloyati, Qo‘shrabod tumanidan 61-Qo‘shrabot saylov okrugi bo‘yicha nomzod sifatida ro‘yxatga olishingizni so‘rayman.
Shaxsimga va faoliyatimga aloqador tegishli hujjatlarni ilova qilaman.
__________________S.Abdullayeva 20.03.2025-yil