132 26.06.2024
Yig‘ilishda “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasi energetika xavfsizligini mustahkamlash, shaffof va raqobatbardosh elektr energiyasi bozorini rivojlantirish hamda sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Maʼlumotlarga qaraganda, bugungi kunda elektr energiya isteʼmoli mamlakat bo‘yicha 80 mlrd kVt/soatni tashkil qiladi va 2023-yilda uning 15 foizi qayta tiklanuvchi energiya manʼbalari hisobidan qoplangan.
O‘zbekistonda umumiy energiya isteʼmolining 40 foizi turar-joylar hissasiga to‘g‘ri keladi. Dunyo miqyosida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 23 foizni tashkil qiladi.