651 25.09.2025
                        1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Prezidentimizning shu yil 11-sentyabrdagi Farmon (https://president.uz/oz/lists/view/8478)iga muvofiq, ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatganligi uchun bir guruh o'qituvchi va murabbiylar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Partiyamiz faollari Xabibulla Ismatillayev "Do'stlik" ordeni va Dilnoza Zokirova "Sog'lom turmush" medali bilan mukofotlandi.
Shu bilan birga o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgani uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrig'iga asosan Otabek Jiyanbayev "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi jamoasi partiyadoshlarimizni ushbu e'tirof bilan muborakbod etib, kelgusidagi ishlariga omad tilaydi!