Strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan hamkorlik


110     26.06.2024

   Ayni paytda boshlangan partiya fraksiyasi yig‘ilishida Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning 13-15-iyun kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

     Taʼkidlanganidek, O‘zbekiston-Koreya munosabatlari tarixiy ahamiyatga ega va bugungi kunda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. O‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2,5 milliard dollarni tashkil etdi. Koreys investitsiyalari hajmi 7,5 milliard dollardan oshdi.

     Maʼlumki, O‘zbekistonda koreys diasporasi istiqomat qiladi va shu maʼnoda, koreys xalqi uchun O‘zbekiston alohida qadriyatga ega davlat hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, ikki xalqni yanada yaqinlashtirish maqsadida kelgusi yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb eʼlon qilish taklif qilindi.

     – Davlat tashrifi doirasida imzolangan 17 ta hujjat ikki mamlakat aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.