Har qanday vaziyatda inson qadri ustuvor


584     26.06.2024

Fraksiya yig‘ilishida jinoyat ishini yuritishda shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Ushbu qonun loyihasida qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi nazarda tutilmoqda. Ko‘rik davomida shaxsning tanasida jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlansa, zudlik bilan prokurorga xabar berish belgilanyapti.