Yangiliklar

Tuman, shahar Kengashlari raislari bilan yangi rejalar muhokama qilindi

130

09.01.2024

current article imagecurrent article image
current article imagecurrent article image
current article imagecurrent article image
current article imagecurrent article image

Maʼlumki, shu kunlarda partiyaning hududiy Kengashlarida sarhisob yig‘ilishlari o‘tkazilyapti. Tuman hamda shahar Kengashlari raislari, mahalliy deputatlar ishtirokida o‘tayotgan yig‘ilishlarda 2023-yil yakunlari tahlil qilinib, 2024-yildagi yangi rejalar muhokama qilinmoqda.

 

Bugun Toshkent shahar Kengashida ana shunday yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov ishtirok etdi.

 

Poytaxtda qariyb 26 ming nafar aʼzoga ega Toshkent shahar Kengashining deputatlik guruhlari faoliyati 2023-yida anchayin samarali bo‘ldi. 79 ta masala Kengashlar sessiyalarida ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga olib chiqilgan takliflar soni 75 tani tashkil etdi.

 

Aholining ijtimoiy muammolari yuzasidan tegishli idoralarga jo‘natilgan deputatlik so‘rovi soni 121 ta tashkil qildi. Eʼtiborlisi ko‘tarilgan masalalarning 97 foizi ijobiy hal etildi.

 

– Toshkent shahridagi deputatlarimiz hamda tuman Kengashlari raislari faoliyati, albatta, o‘rnak bo‘larli. Xalq vakillarining asosiy vazifasi mahalliy ijro organi bilan birga saylovchilarning muammolariga yechim topishdan iboratdir. Agar masala Kengashlarda hal bo‘lmasa, fraksiyaga kiritiladi. Fraksiya esa hukumat oldiga qo‘yadi. Bu masalalarning eng taʼsirchan va samarali yechimidir, – dedi Alisher Qodirov.   

 

Bugun Toshkent viloyati Kengashida ham faollar ishtirokida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy kengash devoni rahbari Akmal Jumaboyev ishtirok etdi.