Yangiliklar

Hududiy Kengashlarda kengaytirilgan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tmoqda

115

10.01.2024

current article imagecurrent article image
current article imagecurrent article image
current article imagecurrent article image
current article imagecurrent article image
current article imagecurrent article image

Partiyaning Namangan viloyati Kengashida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Mirodil Abdurahmonov, viloyat kengashi devoni xodimlari, tuman va shahar Kengashlari raislari, mahalliy deputatlar ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda viloyat Kengashining 2023-yil yakunlari, 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Kengash raisi Dilnoza Azizovaning axboroti eshitildi. Shundan so‘ng M.Abdurahmonov so‘zga chiqib, saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, 2024-yil – saylov yilidagi ustuvor vazifalar haqida gapirdi.

 

So‘zga chiqqan xalq vakillari esa Namangan viloyatida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining o‘ziga yarasha o‘rni borligini, deputatlarning ishtiyoqi balandligini, xalq ichida yurib, murojaatlarni eshitish, muammolarni hal qilish eng asosiy vazifaga aylanganini taʼkidladi. Bu yilgi saylovlarda faol bo‘lib, albatta, maqsadga erishajagini, chunki saylovchilarning partiyaga, deputatlarga bo‘lgan ishonchi yuqoriligini qayd etdi.

 

Partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosarlari ishtirokida Xorazm, Samarqand va Navoiy viloyatlarida ham hisobot yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.