Qöqon xonligi
Özbek xonliklaridan biri (1709-1876). Poytaxti – Qöqon. Özbeklarning minglar uruğidan bölgan Şohruxbiy 1709-yilda asos solgan. Bu xonlik tarkibiga dastlab Qöqon, Namangan, Marğilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qişloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yuriş qilinib, Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida (1746-yil) qalmoqlar Farğona vodiysiga hujum qilib, Öş, Andijon, Marğilon şaharlarini egallab, Qöqonni qamal qilgan. Qöqonliklarga yordamga kelgan Örtepa hokimi Fozilbiy qöşinlari bilan birga ularni Farğona vodiysidan quvib çiqarişgan. Norbötabiy davrida Çust va Namangan beklarining mustaqillik uçun kötargan ğalayonlari bostirilgan. Mamlakatda suğoriş inşootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandçilik, qişloq xöjaligi birmunça rivoj topadi va nisbatan arzonçilik böladi.
Norbötabiyning öğli Olimbek hukmronligi davrida Qöqonning siyosiy mavqei yanada kuçaygan, harbiy islohot ötkazilgan, Ohangaron vohasi, Toşkent, Çimkent va Sayram tobe etilgan, taşqi savdoga ham eʼtibor kuçaytirilgan. 1805-yil davlat rasman Qöqon xonligi deb eʼlon qilinib, Olimbek „xon“ unvonini olgan. Olimxonning markazlaşgan kuçli davlat tuziş borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810-yil Qöqonda “Olimxon Toşkentda öldi”, degan miş-miş tarqatişadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qöqonga yöl oladi, biroq u Oltiquş mavzeida otib öldirilgan.
Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlaş va kengaytiriş çoralari körilgan. 1815-yil Buxoro xonligiga qaraşli Turkiston, 1817-yil esa Öratepa bosib olingan. Sirdaryo böyida bir qança harbiy istehkomlar barpo etilgan; suğoriş inşootlarini kengaytiriş, kanallar qaziş, masjid va madrasalar qurişga eʼtibor berilgan. Xususan, Qöqon, Toşkent, Turkiston, Çimkent, Sayram, Avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan. Mozorlar tartibga solingan. Umarxon hukmronligi davrida Qöqon xonligida fan, adabiyot, sanʼat nisbatan yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini – maşhur özbek şoirasi Nodirabegimning xizmati katta bölgan. Umarxonning özi ham „Amiriy“ taxallusi bilan özbek va tojik tillarida ğazallar yozgan. Umarxon vafotidan söng uning 12 yoşli öğli Muhammad Alixon taxtga ötirgan. Xon yoş bölganligi uçun davlatni dastlabki davrda onasi Nodirabegim boşqargan. Nodirabegim madaniyat va sanʼatni rivojlantirişga intilgan.1826-yil Şarqiy Turkistonda xitoylarga qarşi boş kötargan musulmon aholiga yordam beriş uçun qöşin tortib borilgan. Natijada Xitoy hukumati Şarqiy Turkistonning 6 ta şahri (Oqsuv, Qaşqar, Yorkend, Xötan va boşqalar) dan soliq oliş huquqini Qöqon xonligiga berişga majbur bölgan. Bu 1832-yilgi Pekin şartnomasida batafsil öz ifodasini topgan.
Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirişga intilib, Janubiy Olay toğ etagidagi Qorategin, Darvoz, Şuğnon, Röşon, Vohon bekliklarini böysundirgan. Bu davrda xonlikda suğoriş işlari ança yölga qöyilgan. Toşkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Taşqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham ança yaxşilangan. Buxoro amiri Nasrullo (qarang Nasrullaxon) bilan yuz bergan uruşda (1840-yil) Muhammad Alixon yengilib, Xöjandni amir Nasrulloga topşirişga va özini uning noibi deb tan olişga majbur bölgan. Ammo Buxoro – Qöqon munosabatlari bundan keyin ham keskinlaşgan. Natijada 1841-yil noyababr oyida Muhammad Alixon öz ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz keçgan. Bu voqeadan xabar topgan amir Nasrullo Qöqonga bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U şu qirğinbarot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boşqa yuqori mansabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan Qöqon xonligi Buxoro noibi tomonidan boşqarila boşlangan. Amir noibi Qöqon xonligi aholisiga oğir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842-yil yozda qöqonliklar qözğolon kötaradi, amir Nasrulloga sodiq kişilarning köpçiligini öldiradilar va Norbötabiyning ukasi Hojibekning ögli Şeralini xon qilib kötarişadi. Buni eşitgan Buxoro amiri Qöqonga qöşin tortib öz hukmronligini qayta örnatiş uçun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinçi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eşitib, orqaga qaytişga majbur bölgan. Natijada qöldan ketgan köpgina hududlar (Xöjand, Toşkent) yana Qöqon xonligi ixtiyorida qoladi. Şeralixonning (1842-1845) taxtga ötirişida kömakçi va xayrixoh bölgan qipçoqlardan Musulmonqul mingboşi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy işlar bilan şuğullangan va xon qöşinlarining tarkibini köproq qipçoq yigitlari bilan töldirgan. Musulmonqul öz mavqeidan foydalanib, Şeralixonga öz taʼsirini ötkazişga intilgan. Ammo xon bunga yöl qöymaslikka intiladi. Musulmonqul xondan norozi bölib, boşqalarning qöli bilan suiqasd uyuştirişga harakat qilgan. 1845-yil Öşda xonning soliq siyosatiga qarşi qözğolon boşlanadi. Musulmonqul qözğolonni bostirişga ketganida, uning şeriklari Olimxonning öğli Murodbekni Qöqonga taklif qilib taxtga ötqazganlar. Şeralixon öldirilgan. Taxtni saqlab qoliş uçun Murodxon özini Buxoro amirining noibi deb tan olişga majbur bölgan. Musulmonqulni mingboşi lavozimida qolganligi haqida farmon çiqaradi va uning Qöqonga qaytişini talab qiladi. Musulmonqul esa Öşdan Namanganga kelib qizini Şeralixonning öğli Xudoyorga turmuşga beradi va u bilan Qöqonga kelib, Murodxonni öldirib, yoş Xudoyorni xon deb eʼlon qiladi (qarang Xudoyorxon). Musulmonqul xonning yoşligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravişda özi boşqaradi, katta lavozimlar qipçoqlarga ulaşib beriladi. Natijada Musulmonqulga qarşi xonlik hududida norozilik harakati kuçaydi va u mingboşilikdan böşatiladi. Musulmonqul öz mavqeini tiklamoqçi bölib, ruslar bilan aloqa örnatişga intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853-yil bahorida maxfiy uçraşadi. Musulmonqulning rus qömondoni vakili bilan uçraşgani va hokimiyatni öz qöliga olmoqçi bölganligidan xabar topgan özbek va qirğiz zodagonlari (Muhammad Niyoz Quşbegi, Muhammad Rajab Qörboşi, Muhammad Yoqubbek quşbegi va boşqalar) qipçoqlardan qutuliş yölini axtarib Xudoyorxonni özlari tarafga oğdirib, 1853-yil qipçoqlar qirğinini boşlab yuborişgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan. Biroq Qöqon xonligida özaro taxt uçun kuraşlar tinçimagan, yuqoridagi harbiy amaldorlar Xudoyorxonga qarşi fitna tayyorlaganlar, biroq u muvaffaqiyatsiz çiqqan (qarang Yoqubbek). Qisqa vaqt içida xonlar bir neça marta almaşgan (1852-62 yillarda Şeralixonning öğli Mallaxon, 1862-1863 yilda Şohmurodxon, 1863-yil may-iyunda yana Xudoyorxon, 1863-yil iyul – 1865-yillarda Mallaxonning öğli Sulton Sayidxon xon bölgan).
1865-yil Qöqonda qipçoq va qirğizlar Xudoyqulbekni tantanavor ravişda xon deb eʼlon qiladilar. U atigi 14 kungina xonlik qiladi, söngra barça xazinani va qimmatbaho narsalarni olib, Qaşqarga qoçib ketgan. Xudoyorxon heç qanday qarşiliksiz Qöqon taxtini qayta egallagan (1865- 1875). Bunday beqaror içki vaziyatdan foydalangan Rossiya Qöqon xonligiga qarşi istiloçilik harakatlarini boşlab yuborgan. Natijada 1853-1865 yillar davomida Oqmaçit, Töqmoq, Pişpak, Avliyoota, Turkiston, Çimkent, Toşkentni va ularning atrof hududlarini bosib oladi. 1867-yil 14 iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini taʼsis etdi va Örta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan turkiston general-gubernatorligini taşkil qildi. Çorizm bosqini tufayli Qöqon xonligi çegaralari ança qisqarib ketdi. Xazinaga tuşadigan daromadlar keskin kamaydi. Xon xazinani töldiriş uçun yangidan qöşimça soliqlar joriy etdi. Xalq bundan norozi bölib 1871-yil Söxda ğalayon kötaradi. Bu ğalayon qurolli qözğolonga aylanib ketdi. Örta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan "Pölatxon" qözğoloni bölib ötadi. Rus qöşinlari qözğolonçilarni yengdilar va Pölatxon asirga olindi. U 1876-yil 1 mart oyida Marğilon şahrida dorga osiladi. Çor qöşinlari Qöqon xonligini bosib olib, xonlikni rasman bekor qiladilar va örniga Farğona viloyatini taʼsis etadilar.
Qöqon xonligida quyidagi mansablar mavjud bölgan: mingboşi, otaliq, şayx ul-islom, qozikalon, quşbegi, mehtar, parvonaçi, naqib, dodxoh, eşik oğasi, inoq, şiğovul, töqsoba, miroxur, qoravulbegi va boşqalar.
Qöqon xonligida mavjud bölgan harbiy unvonlar quyidagiça bölgan: mingboşi – odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin ponsadboşi, yuzboşi, ellikboşi, önboşi, zambarakçi va boşqalar ham bölgan. Bulardan taşqari, boşqa harbiy mansablar ham bölgan. Qöqonda yaşagan sarboz va töpçilar faqat alohida vazifadagi noib, dodxohning doimiy tasarrufida bölganlar. Uruş davrida noib, dodxoh öz qismiga harakatdagi qöşinning hamma sarbozlarini qabul qilgan, unga vaqtinçalik boşçilik qilişni maxsus tayinlangan amiri laşkar (boş qömondon)ga topşirardi.
19-asrning 1-yarmida Qöqon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning söl sohili bilan Qorategin oraligidagi Qöqon viloyati; Sirdaryoning öng sohilidan to Olatovgaça bölgan Namangan viloyati; Xöjand şahri; Xöjand bilan Toşkent orali-ğidagi Öratepa viloyati. Xonlikning eng şimoliy viloyati Turkiston, Betpaqdala sahrolariga borib taqalardi. Bundan taşqari, xonlik tarkibiga Olay hududi, Balxaş köli bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oraliğidagi yerlar kirardi. Billurtoğning ğarbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Kölob, Şuğnon singari bir qator toğli tumanlar ham Qöqon xonligiga tegişli edi. Bu yerlarni qöqonliklar 19-asrning 30-yillarida böysundirişgan bölsa-da, ular tez-tez qöldan-qölga, köproq Buxoro amiri ixtiyoriga ötib turardi.
Qöqon xonligi aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Çorizm qöşinlari uning şim.ğarbiy viloyatlarini bosib olgaç, xonlik hududi ança qisqarib, asosan, Farğona vodiysi bilan çeklanadi va aholi soni taxminan 2 mln.ga tuşib qoladi. Aholining asosiy qismini özbeklar taşkil etgan. Şuningdek, tojiklar, qirğizlar va qaşqar (uyğur)lar ham yaşaşgan. Yaşaş tarziga köra, aholi ötroq, köçmançi va yarim köçmançilardan iborat edi.
Qöqon xonligining 18-19-asrlar 1-yarmida keçgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy özgarişlar va siljişlar yuz berib borganligi ayondir. 19-asrda Qöqon xonligida tarixnavislik sezilarli ravişda ösib borgan. Oldinlari yozilgan bir neça tarixiy asarlar fors va arab tillaridan özbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning öziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari şeʼriy yoki qisman şeʼriy yölda yozildi. Bu esa qöqonlik tarixçilarning adabiyotni yaxşi bilibgina qolmay, özlari ham şeʼriyatda qalam tebratganliklarini körsatadi. Mas, “Tarixi jahonnamoyi” (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Rözi Muhammad söfi öğli), „Şohnoma“ (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), “Şohnomayi Umarxoniy” (Mirzo Qalandar Muşrif Isfaragiy, u Fazliy Namangoniyning “Zafarnoma” asarini nasriy qilib yozgan). “Muntaxab at-tavorix” (Xöja Muhammad Hakimxon-töra bin Sayid Maʼsumxon), “Tarixi Şohruxiy” (“Tarixi sayyidi Xudoyorxon”, Mullo Niyoz Muhammad Xöqandiy Niyoziy bin Mullo bin Aşur Muhammad Xöqandiy), Tarixi jadidai Toşkand (Muhammad Solihxöja ibn Qorixöja), “Şohnoma” (Mahzun Ziyovuddin Xöqandiy), “Jangnomai Xudoyorxon” (Şavqiy Namangoniy) va boşqalar.
19-asr boşlarida şakllangan Qöqon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta örin tutgan. Qöqon hukmdorlarining qator namo-yandalari temuriylar anʼanasini davom ettirib, özlari ham ilm-maʼri-fat bilan şuğullanib, bu sohani rav-naq topdirişga katta saʼy-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qöqon xonlaridan Umarxon (1810-22) va muhammad Alixon (1822-41) davrlari yaqqol ajralib turadi.
Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qöqon xoni Umarxon), Boqixontöra, Muhammad Şarif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xöqandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxöja öğli), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuham-mad Yormuhammad öğli Pisandiy, Fazliy Namangoniy, Ğoziy singari şoirlar xalq içida maşhur edilar.
Qöqon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati şundaki, bu davrda özbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va maşhur özbek şoiralari isteʼdodi keng rivoj topdi. Mas, Dilşod otin, Zebuniso, Zinnat, Moh-zoda Begim, Mahzuna, Muştariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayriça ahamiyatga molik-dir.
Qöqon adabiy muhitining samarali taʼsiri ölaroq bu yurtdan keyinçalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boşqa yetuk badiiy söz sanʼatkorlari yetişib çiqdilar va öz xalqining erki, hurligi va ozodligi uçun xizmat qildilar.
Umuman olganda, 19-asrning örtalariga kelib, Örta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixşunoslik bilan bir qatorda mat., tibbiyot, geografiya,
astro-nomiyaga oid hamda diniy asarlar yara-tildi. Bu xonliklarda miniatyura va xattotlik sanʼati ham öz örniga ega. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qöğirçoq teatri, masxa-rabozlik, ayniqsa, bastakorlik bir-munça rivojlandi.
Qöqon xonligining barça bekliklarida madrasa, maktab va qorixonalar mavjud edi. Madrasalarda ham diniy, ham dunyoviy fanlar böyiça tanilgan mudarrislar, olimlar bor bölganligi uçun ham bu yerga turli mamla-katlardan köplab talabalar kelib öqişgan.
18-asr boşida Aştarxoniylar xonligida hukm surgan siyosiy inqiroz şaroitida Farğona Buxorodan ajralib çiqadi. Markazi Qöqonda joylaşgan mustaqil davlatga dastavval hojalar, keyin Ming xonlar sulolasi hukmronlik qila boşlaydi. Xonlik öz tarkibiga Namangan, Qöqon, Andijon va Marğilon viloyatlarini kiritdi. Birinçi hukmdor etib özbeklarning Ming qabilasidan Şohruhbiy eʼlon qilindi. 1721/22 yillar Şohruh amirlarning baʼzi guruhlari örtasidagi nizolar oqibatida halok böladi. Uning öğli Abdurahimbiy (1721/17-1733yy.) Xöjand va Andijonni xonlikka qöşib oldi, Samarqand, Kattaqörğon, Jizzaxni işğol qildi. Uning akasi Abdukarim (1733-1747/48yy.) hukmronligi davrida Öş zabt etildi. Keyingi yigirma yillik hukmdorlarning tez-tez almaşib turişi bilan ajralib turadi. 1770-yil Qöqon zodagonlari Norbötani (1770-1800yy.) hukmdor deb eʼlon qilişdi. U Çust, Namangan va Xöjand hukmdorlarining ajralib çiqişga bölgan harakatlarini bosişga muvaffaq böldi. Norbötabiy Toşkentga ham qöşin yuboradi, lekin şaharni böysindira olmaydi. Norbötabiy davrida nisbatan siyosiy osoyiştalikka erişildi, bu esa öz navbatida iqtisodiy taraqqiyotga yöl oçdi. Suğoriş tizimi kengaytirildi, yangi madrasalar, jumladan, Mir madrasasi bunyod etildi. Norbötaning öğli Olimbek (1800-1809yy.) Qöqonning siyosiy mavqeini sezilarli tarzda kötardi. Olimxon hokimiyatni markazlaştirişga bölgan harakatlarida özi toğli tojiklardan taşkil qilgan yollanma qöşinga suyandi. U Toşkent va Farğonani böysintirdi, Öratepaga bir neça marta yuriş qildi.
Qöqon xonlari Şohruhbiy (1709-1721) Abdurahimbiy (1721-1733) Abdulkarimmbiy (1733-1750) Abdurahmonbek (1750-1751) Erdonabiy (1751-1752,1752-1762) Bobobek (1752) Sulaymonbek (1762-1763) Norbötabiy (1763-1798) Olimxon (1798-1810) Amir Umarxon (1810-1822) Muhammad Alixon (1822-1841) Sulton Mahmudxon (1841-1842) Şeralixon (1842-1845) Xudoyorxon (1845-1858,1862-1863, 1865-1875) Mallaxon (1858-1862) Şohmurodxon (1862) Sulton Saidxon (1863-1865) Nasriddinxon (1875-1876).