Somoniylar davlati
Somoniylar davlati IX asrning ikkinçi yarmi va X asrda Movarounnahr va Xuroson hududlarida şakllangan, siyosiy barqarorlik, iqtisodiy farovonlik va madaniy yuksalişning poydevorini yaratgan ulkan davlatlardan biri edi. Bu sulolaning kelib çiqişi Panjkent yaqinida yaşagan Somonxudot nomi bilan boğliq bölib, u VIII asrda mahalliy dehqon-zodagonlar tabaqasiga mansub bölgan. Somonxudotning tört öğli — Nuh, Ahmad, Yahyo va
Ilyos — Abbosiy xalifasi Maʼmun tomonidan Samarqand, Farğona, Çoç va Hirot viloyatlarini boşqarişga tayinlanganidan söng sulola siyosiy jihatdan mustahkamlandi. Ammo Somoniylar davlat sifatida aynan Nasr ibn Ahmad davrida şakllandi. Nasr 864-yildan boşlab Movarounnahr hokimi bölib, ukasi Ismoilni dastlab Balxga, keyinçali, 875-yi Buxoro viloyatlariga noib etib tayinlagan. Keyinçalik Ismoil Somoniy özining iste’dodi, harbiy siyosati va xalq orasidagi maşhurligi bilan Somoniylar sulolasining eng qudratli hukmdoriga aylandi.
Ismoil Somoniy 892-yilda taxtga ötirgaç, Buxoroni poytaxtga aylantirdi va bu şaharni beqiyos darajada obod qildi. Uning davrida Somoniylar davlati iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalişning eng yuqori çöqqisiga çiqdi. Ismoil adolatli hukmdor sifatida tanilgan bölib, soliq tizimini qayta körib çiqdi, xalqdan ortiqça soliq yiğişni taqiqladi, yer egaligini tartibga soldi hamda mahalliy zodagonlarning haddan ziyod kuçayişiga yöl qöymadi. U markazlaşgan boşqaruv tizimini yölga qöyib, davlatni turklar va mahalliy dehqonlar qöşiniga tayanib boşqardi. Buxoroda Somoniylar tomonidan zarb etilgan kumuş dirhamlar Şarq va Ğarb böylab keng tarqalib, öşa davrning eng işonçli pul birligiga aylangan.
Somoniylar davlati hududi Ismoil Somoniy davrida keskin kengaydi. U 900-yilda Xurosonni bosib olib, Amudaryodan to Marv, Balx, Hirot, Nişapur, Jurjon, Ray va Tabaristongaça bölgan keng mintaqani öz nazoratiga oldi. Natijada Somoniylar öşa davrda musulmon Şarqida Abbosiy xalifaligidan keyingi eng qudratli davlatga aylandi. Ularning siyosiy mavqei şunçalik mustahkam ediki, xalifa ham ularga e’tirof bilan qarar, Somoniylar amirlarining mustaqil siyosat yuritişiga tösqinlik qilolmasdi.
Somoniylar davlati boşqaruv tizimi öziga xos bölgan. Davlat boşliği — amir — mamlakatda mutlaq hokimiyatga ega edi. Uning huzurida vazirlar devoni faoliyat yuritgan bölib, ular içki siyosat, taşqi aloqalar, moliya, harbiylar, soliqlar va razvedka işlari bilan şuğullangan. Ulamolar va qozilar esa şariat qonunlari asosida davlat huquq tizimini boşqargan. Şuningdek, “barid” deb ataladigan maxfiy xabar tizimi orqali poytaxtga viloyatlar holati, hokimlar faoliyati, xalq noroziliklari va boşqalar haqida doimiy ma’lumotlar yetkazib turilgan.
Iqtisodiyot Somoniylar davrida mislsiz rivoj topdi. Dehqonçilik mintaqada asosiy tirikçilik bölib, suğoriş tizimlari kengaytirildi, yangi kanallar qazildi, boğlar, uzumzorlar, paxtazorlar barpo qilindi. Somoniylar davrida paxtaçilik kuçli taraqqiy etib, paxta matolari Hindiston, Xitoy, Vizantiya va Rus yerlariga eksport qilingan. Buxoro va Samarqand ipak töqimaçiligi bilan maşhur bölib, ularda işlab çiqarilgan ipak matolar öşa davr savdosining eng qimmatbaho mahsulotlaridan sanalgan. Hunarmandçilik juda rivojlangan, qora sirli idişlar, kumuş buyumlar, bronza maş’allar, temir qurollar, zargarlik buyumlari butun dunyoga maşhur bölgan.
Madaniyat va ilm-fan Somoniylar davrida misli körilmagan darajada rivojlandi. Bu davr “Şarq Uyğonişining ilk bosqiçi” deb ataladi. Ainon şu davrda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farğoniy, Abu Rayhon Beruniy kabi olimlarning asarlari Şarqda ilm-fan rivojiga asos bölgan. Somoniylarning eng katta xizmatlaridan biri şundaki, ular fors-tojik adabiyotining tiklanişiga sabab böldi. Rudakiy, Firdavsiy, Dakikiy kabi buyuk şoirlar aynan Somoniylar homiyligida ijod qilgan. Rudakiy “adabiyot otasi” sifatida tanilgan, Firdavsiy esa özining “Şohnoma” asari bilan milliy özlikni mustahkamlagan.
Somoniylar me’morçilikda ham beqiyos yutuqlarga erişdi. Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi Markaziy Osiyoning eng qadimiy töliq saqlangan inşootlaridan biri bölib, ğiştdan naqş yaratiş an’anasining eng yuksak namunasi hisoblanadi. Bu me’moriy uslub keyinçalik Karaxoniylar, Saljuqiylar va Temuriylar davrida ham davom ettirildi.
Biroq X asr oxiriga kelib Somoniylar davlati zaiflaşdi. Asosiy sabablar — amirlar örtasidagi taxt uçun kuraşlar, markaziy hokimiyatning sustlaşuvi, turk laşkarboşilarining haddan ziyod kuçayişi, Ğaznaviylar va Qoraxoniylar bosqinçiligi edi. 999-yilda Qoraxoniylar Buxoroni egalladi, 1005-yilda esa Ğaznaviylar Xurosonni qölga kiritib, Somoniylar davlati butunlay barham topdi. Ammo ular yaratgan madaniy meros, ilmiy muhit va davlat boşqaruvi tamoyillari keyingi asrlarda yaşaşda davom etdi.
Somoniylar davlati tarix sahnasidan ketgan bölsa ham, uning örni örnini heç kim egallay olmadi. Bu sulola Markaziy Osiyoda islomiy madaniyatni mustahkamladi, şaharlar rivojini jadallaştirdi, ilm-fanni oliy poğonaga kötardi va Şarq uyğonişining boşlanişiga sabab böldi. Şu bois Somoniylar davlati nafaqat bizning tariximiz, balki butun musulmon Şarqi taraqqiyotida öçmas iz qoldirgan.