Turkiston

   Turkiston

   Mahalliy boşqaruv Turkiston general-gubernatorligi (rus. Turkestanskoe general-gubernatorstvo) – maʼmuriy-hududiy birlik. Rossiya Imperiyasi bosib olgan Ğarbiy Turkiston hududida Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan taşkil etilgan (1867-yil 11-iyul).

   Xuddi şu yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinçi general-gubernatori etib rus podşosining yaqin mulozimi general-adʼyutant Konstantin Petroviç fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida (1867—1881-yillarda) Turkiston ölkasini qattiqqöllik bilan boşqargan. Kavkaz, Boltiqböyi ölkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirişda tajribali maʼmur va usta siyosatçi ekanligini körsatgan fon Kaufmanni “Turkistonning Bunyodkori” deb uluğlaşgan. U Toşkent jamoatçiligi vakillari yiğilişi (1868-yil 22-yanvar)da birinçi bor ruslarni Turkiston xalqlarining “Katta Oğasi” deb atagan. Turkiston 19-asrning boşlarida Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi orasida tortişuvlarga sabab bölgan.

   Rossiya imperatori fon Kaufmanga ölkani boşqarişda çeklanmagan huquq va vakolatlar bergan, natijada uni xalq “Yarim podşo” deb bilgan. Içki va taşqi siyosatda uning erkin iş yuritişi mumkinligi imperator tomonidan berilgan “Oltin Yorliq”da öz aksini topgan.

   1868—1880-yillar davomida harbiy istilolar natijasida dastlab 2 viloyatdan iborat general gubernatorlikka yana 3 viloyat qöşildi. 19-asrning oxirlarida Turkiston general-gubernatorligiga Sirdaryo, Yettisuv, Samarqand, Farğona va Zakaspiy kabi 5 viloyatdan iborat bölib hududi Yevropa Rossiyasining U3 qismiga teng edi. Turkiston general-gubernatorligining barça hududi 1.779.618 çaqirimga teng bölgan. Rossiya hukmdor doiralari Turkistonni imperiyaning tarkibiy qismiga aylantiriş va xalqlarini ruslaştiriş uçun barça vositalarni işga soldi. Ölkadagi siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy islohotlar ana şu maqsadga qaratilgan edi.

   Asriy milliy davlatçilikni yöqotib rusça idora usulini qöllaş uçun Sankt-Peterburgning oliy siyosiy doiralari qonunlar majmuasini işlab çiqdi. U tarixga “Turkiston ölkasini boşqariş haqidagi Nizom” nomi bilan kirgan. Nizomga köra, ölka hokimiyati “harbiy xalq boşqaruvi” deb nomlandi. Turkiston general-gubernatorligi viloyatlar (oblast), tuman (uyezd), jabhalar (uçastka), bölislar (volost) va oqsoqolliklarga bölindi.

   Viloyatlar, tumanlar va jabhalarni rus ofitsergenerallari, bölis va oqsoqolliklarni esa mahalliy xalq vakillari boşqargan. Viloyatlarga harbiy gubernatorlar, tuman – uyezd boşliqlari, jabhalarga esa uçastka pristavlari tayinlangan.

   Mustamlakaçilar mahalliy boşqaruv idoralariga maʼsul şaxslar tayinlanişida nihoyat huşyor iş tutib, ilğor, taraqqiyparvar va millatparvar kişilar bölis boşqaruvçisi, oqsoqol, yuzboşi yoki qozi sifatida saylanib qolsa, ularni lavozimga tasdiqlamaslik uçun turli hiyla-nayranglarni işga solganlar.

   Turkistonda mustamlaka idorasi 1898-yilgaça “harbiy xalq”, undan keyin esa “maʼmuriy politsiya boşqaruvi” deb atalgan bölsa ham uning mohiyati mazmunan özgarmagan, barça vakolatlar rus maʼmuriyati qölida jamlangan.

   Turkistondagi siyosiy idora tizimi “tub aholi örtasida har qanday norozilikni tagtugi bilan şafqatsiz bostiriş, bironbir duşmanlik holati sezilsa, darhol uning kuçayişiga yöl qöymay böğib taşlaş, tartibbuzarlar va ularning maslakdoşlariga tegişli saboq beriş va ularga rus qudratini körsatib qöyiş uçun har qanday çoratadbirlar köriş” ruhi bilan suğorilgan.

   Turkistondagi milliy ozodlik harakatini böğib taşlaş, istiqlol uçun kuraşga qodir şaxslarni “zararsizlantiriş” rejasi işlab çiqilib, uni ijro etişga barça mustamlaka arboblari jalb etilgan.

   Rus dvoryan pomeşçiklari ölkani ruslaştirişning iqtisodiy tomonini közlab, Davlat dumasida Turkiston ölkasidagi “ortiqça” yerlarni musodara qilişni yoqlab muxoliflarini siquvga olişgan. 1910-yilning 7-aprelida Davlat dumasi “Turkiston ölkasini boşqariş haqidagi Nizom”ning 270-moddasini “Turkiston köçmançilarining ortiqça yerlarini kolonizatsiya ehtiyojlari uçun” musodara etişga ruxsat beruvçi qöşimça bilan töldiriş masalasini muhokama qildi. Rus mustamlakaçi şovinistlari tovuşi baland kelib qonun loyihasi qabul qilindi va 1910-yilning 19-dekabrdan qonun kuçga kirdi. Töqqiz yil içida ana şu konunga köra, Sirdaryo-Farğona köçiruvçilik rayoni böyiça tub aholining 744,9 ming desyatina yeri ruslarga taqsimlab berildi. Podşoning musodaraçilik siyosati öta şafqatsizlik bilan davom ettirildi.

   Imperiya xukmdor doiralari Turkiston ölkasi rus va tub aholisi uçun maxsus siyosat dasturini işlab çiqdi.

   Harbiy mirşablik ruhi Turkiston general-gubernatorligi siyosiy tuzumida özining yaqqol ifodasini topgan.

   Turkiston generalgubernatori bir vaqtning özida ölka boş hokimi, okrug qömondoni, boş prokuror va boş mirşab vazifalarini bajargan.

   Turkiston muxtoriyati (ikkinçi nomi Qöqon muxtoriyati) – Turkiston mintaqasidagi dastlabki demokratik hukumat (1917-yil 27-noyabr – 1918-yil 19-fevral).

   Qöqonda bölib ötgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyi (1917-yil 26—28 noyabr)da taşkil topgan. Qurultoy Turkiston ölkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jixatdan muxtor deb eʼlon qildi. Şuningdek, taʼsis majlisi çaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengaşi va Turkiston Milliy Majlisi qölida bölişi kerak deb hisobladi. Markazi – Qöqon şahri.

   Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengaşi aʼzolaridan Turkiston muxtoriyati hukumati (8 kişidan iborat) tuzildi. Yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar körsatilişi uçun ularga ham yana 4 örin ajratildi. Hukumat tarkibiga Muhammadjon Tinişboyev (Boş vazir va içki işlar vaziri), Islom Şoahmedov (Boş vazir örinbosari), Mustafo Çöqay (taşqi işlar vaziri), Ubaydullaxöja Asadullaxöjayev (harbiy vazir), Hidoyatbek Agayev (yer va suv boyliklari vaziri), Obidjon Maxmudov (oziq-ovqat vaziri), Abdurahmon Örazayev (içki işlar vazirining örinbosari), Solomon Gersfeld (moliya vaziri) kiritildi. Keyinçalik hukumat tarkibida ayrim özgarişlar yuz berdi. M. Tinişboyev Alaş örda Muxtoriyati faoliyatida qatnaşiş uçun Orenburgga jönab ketgaç (1917-yil), Mustafo Çöqay Boş vazir lavozimini bajarişga kirişdi. Şoahmedov moliya vaziri (S. Gersfeld örniga), Potelyaxov oziq-ovqat vaziri (O. Mahmudov örniga), O. Mahmudov adliya vaziri, Nosirxon Töra maorif vaziri, Saidnosir Mirjalilov hukumat xazinaçisi lavozimlarini egallaşdi. Savodsiz bolşevik komissarlardan farqli ravişda hukumat aʼzolari çuqur maʼlumotli taraqqiyparvar ziyolilar bölib, ulardan 5 nafari huquqşunos edi. Turkiston Millat Majlisi 54 nafar (36 musulmon, 18 yevropalik) aʼzodan iborat bölişi kerakligi belgilandi. Qurultoy jarayonida 32 kişidan iborat Millat Majlisi saylandi.

   1917-yil 26-noyabrdan Qöqon şahrida Ölka musulmonlarining IV favqulodda syezdi iş boşladi. Unda ölkaning barça mintaqalari va köpgina jamoat taşkilotlaridan 200 dan ortiq vakil iştirok etdi. 28-noyabrda taşkil topayotgan davlatning nomi aniqlanib “Turkiston muxtoriyati” deb ataladigan böldi. Butunrossiya Taʼsis syezdi çaqirilgunga qadar hokimiyat töla ravişda Turkiston Muvaqqat Kengaşi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qölida bölişi haqida qaror qabul qilindi. Muvaqqat kengaş aʼzolaridan 12 kişilik hukumat tuziladigan böldi. Qurultoy jarayonida Turkiston Milliy Majlisi 54 kişidan iborat qilib saylandi. Turkiston Muxtoriyati va Turkiston Xalq Majlisi delegatlar tomonidan saylandi. Saylov oçiq va teng imkoniyatlar asosida amalga oşirildi.

   Turkiston Millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar tez orada eʼlon qilindi, şuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlaş uçun taniqli huquqşunoslarni jalb qildi. 1917-yil 26-dekabrda Turkiston muxtoriyatining Milliy bayroği qabul qilindi. “El bayroği”, “Birlik tuği”, “Svobodnöy Turkestan”, “Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana” kabi hukumat gazetalari özbek, qozoq, rus tillarida naşr qilina boşlandi. Avval çiqayotgan “Uluğ Turkiston” va “Hurriyat” gazlari ham öz sahifalarida muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida örin ajrata boşladi. Naşr işlarini yaxşilaş uçun O. Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga ötdi. Turkiston muxtoriyati milliy qöşinni taşkil qilişga kirişdi. 1918-yil boşida ularning soni 2000 askarga yetdi. Bundan taşqari Qöqonda taxminan şunça mirşablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 mln. söm miqdorida içki zayom çiqarişni yölga qöydi. Şuningdek, hukumat aʼzolari oçlik çangalida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali ğalla keltiriş muammosini hal qiliş uçun amaliy qadamlar taşlagan. Turkiston muxtoriyati hukumati qisqa muddat içida xalq örtasida katta eʼtibor qozondi. Yangi hukumat faoliyati butun Turkiston mintaqasida yaşayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizğin qöllab-quvvatlandi.

   Ölka bolşeviklari Turkiston muxtoriyati hukumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston ölkasi işçi, soldat va krestyan deputatlarining favqulodda 4-syezdi (Toşkent şahri, 1918-yil 19—26 yanvar)da muxtoriyatga munosabat masalasi asosiy örinda turdi. Syezd Turkiston muxtoriyati hukumati va uning aʼzolarini qonundan taşqari holda deb hisoblab, hatto vazirlarni qamoqqa oliş haqida qaror qabul qildi. 1918-yil
30-yanvarda Turkiston ölkasi XKS Turkiston muxtoriyatini tugatiş uçun harbiy harakatlarni boşladi. Toşkentdagi bolşeviklar buning uçun qizil gvardiyaçilar otryadlari va arman daşnoqlari drujinalaridan (qarang Daşnaksutyun) keng foydalandi. Milliy matbuotning yozişiça, 31-yanvar (yangi hisob bilan 13-fevral)da janglar boşlandi. Turkiston ölkasi XKS
1918-yil 14-fevralda (yangi hisob bilan) Farğona viloyatida harbiy holat eʼlon qildi.

   Dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qöşinidan taşqari qöqonlik tinç aholi vakillari ham qatnaşdi. Asosan bolta, çökiç, tayoq kötargan xaloyiqning soni 10.000 kişiga yetdi. Şunga qaramay, qurolsiz bu kişilar qizil askarlarning Qöqon şahriga qilgan hujumini uç kun davomida mardonavor qaytardilar. Şu orada muxtoriyatçilar safida parokandalik yuz berdi (18 fevralda ulamolarning tazyiqi bilan Mustafo Çöqay isteʼfoga çiqdi va baʼzi vazirlar singari Qöqonni tark etdi. Ayrim vazirlar (H.Agayev va boşqalar) jangda halok böldi. Hukumatning boşqa aʼzolari (O.Mahmudov, Nosirxon töra, S.Gersfeld, U.Asadullaxöjayev, I.Şoahmedov) esa keyinçalik bolşeviklar tomonidan qölga olindi.

   Qöqon ş. qörboşi mirşablari boşliği Kiçik Ergaş 18 fevraldan boşlab amalda Turkiston muxtoriyati hukumatining rahbariga aylandi. 19-fevralga ötar keçasi Toşkentdan Turkiston ölkasi harbiy komissari Ye. Perfilyev boşçiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlaridan iborat
11 eşelon qöşin yetib keldi. 19-fevraldan boşlab 3 kun davomida qizil askarlar şahar ustiga töplardan yondiruvçi snaryadlar yoğdirişdi. Şahar butunlay vayron böldi va ötolov içida qoldi. Qöqonning özida 3 kun davomida 10 mingdan ziyod kişi öldirildi. Muxtoriyat qöşinining tirik qolgan qismi Kiçik Ergaş boşçiligida (200—300 yigit) Qöqon yaqinidagi Baçqir qişloğiga çekindi va mudofaa istehkomlarini qurib, duşman hujumini qaytardi. Qizil gvardiyaçilar Qöqon va uning atroflaridagi tinç aholini talaş va öldirişni avj oldirişdi. Sovet rejimi Turkiston muxtoriyati hukumatini 19-fevralda qurol kuçi bilan ağdarib taşladi. 1918-yil 22-fevralda Qöqon şahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolşeviklar tomonidan tayyorlangan „tinçlik şartnomasi“ imzolandi. Turkiston muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr körgan bölsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiklol uçun kuraşga daʼvat etdi. Bu hukumatning ağdarilişi turkistonliklar tomonidan sovet Rossiyasining Turkistonga nisbatan tajovuzkor rejalari mavjudligining yana bir dalili sifatida qabul qilindi. Turkistonliklar tinç yöl (parlament) bilan milliy davlatçilikni qayta tiklaş mumkin emasligini tuşunib, 1918-yil fevral oyining oxirida qöllariga qurol olgan holatda Turkistonda sovet rejimi va bolşeviklarga qarşi qurolli harakatni boşlab yubordilar. Sovet tuzumi davrida Turkiston muxtoriyatining mohiyati soxtalaştirilib, u tor maʼnodagi Qöqon muxtoriyati bilan almaştirildi.