Buyuk Turk xoqonligi
VI asr örtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yaşagan turkiy qabilalarni birlaştirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asosçisi Bumin edi. 552-yilda Bumin “xoqon” deb eʼlon qilindi. Xoqonlikning markazi etib Oltoy şahri belgilanadi. Turklarning ğarbga tomon yurişlariga Istami boşçilik qiladi. Unga “Yabğu xoqon” degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Şarqiy Turkistonga tutaşgan hududlarda yaşovçi turkiy qabilalar böysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizigaça bölgan yerlarni egallaydi. Xoqonlik çegarasi Eftallar davlati çegarasigaça tutaşib ketgan. Natijada Eftallar davlatining şimoliy hududlari xavf ostida qolgan. Qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston va Çağoniyonni eftallardan tortib oladi.
Turk xoqonligining eftallar bilan töqnaşişi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, söngra Vizantiya bilan yaqinlaştiradi. Uzoq vaqt eftallar tazyiqida yaşagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bölişidan manfaatdor edi. Şu tariqa Sosoniylar şohi Xusrav I Anuşervon (Ölmas) taşabbusi bilan yangi ittifoq yuzaga keladi. Özaro harbiy ittifoq Eron şohining Istamiga kuyov bölişi orqali mustahkamlanadi. 563-yilda Eron askarlarining Balxga hujumi kömagida turklar Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradi. Parak (Çirçiq) vodiysi va uning markazi Çoç şahri işğol qilinadi. Sirdarodan ötib, Zarafşon vodiysiga kirib boradi. Turklar Samarqand, Keş va Naxşabni egallab, Buxoroga yaqinlaşadi. Sakkiz kun davom etgan jangda eftallar qöşini yengiladi. Şunday qilib, 563–567-yillarda janubda Eron sosoniylaridan, şimolda esa Turk xoqonligidan zarbaga uçragan Eftallar davlati tamomila barbod böladi. Davlatning merosi özaro bölinib, Amudaryoning janubiy qirğoqlarigaça bölgan viloyatlar Eron, uning öng sohillari böylab Kaspiy dengizigaça çözilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga ötadi. Eftallar davlati qulagaç, vaziyat tubdan özgardi. Endilikda Eron öz çegarasini şimoli şarqqa tomon kengaytirib oldi. Amudaryodan to Suriyaga qadar Ipak yöli ustidan nazoratini örnatdi. Turklar esa Uzoq Şarqdan Eron hududlarigaça bölgan karvon yöli nazoratini qölga oldi. Eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan böldi. Turk xoqonligining boşqaruvi Turk xoqonligi qançalik katta bölmasin, çinakam markazlaşgan davlat emas edi. Uning asosiy qismi turkiy tilda sözlaşuvçi qabilalar ittifoqidan iborat bölgan. Bu ittifoqni xoqon boşqargan. Hukmdorning hokimiyati uruğ-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boşqaruvga asoslangan.
Mamlakat aholisi köçmançi çorvador va ötroq dehqonlarga bölingan. Köçmançi çorvador aholi “budun” yoki “qora budun” nomlari bilan yuritilgan. Budun öz navbatida qabilalar ittifoqi birlaşmasini taşkil etardi. Ön öq budun yoki elning hokimi “yabğu” yoki “jabğu” nomi bilan atalardi. Yabğu darajasiga faqat xoqon uruğiga qon-qarindoş bölganlar kötarilgan. VI asrda Çirçiq, Zarafşon, Qaşqadaryo va Amudaryo havzalarida öndan ortiq voha hokimliklari mavjud edi. Ularning iqtisodiy va siyosiy boşqaruvi mahalliy sulola hukmdorlari qölida qoldirilgan. Turklar ulardan faqat boj va yasoq undiriş bilan çeklangan. Xoqonlikning bölinişi Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga böysunmaslikka intilgan. Turk xoqonligi tasarrufida bölgan hududlardagi hokimlar mustaqil bölişni istar edi.
Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlaşgan davlatga aylanişiga imkon bermagan. Böysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boşqariş tartibi xoqonlikni tobora zaiflaştirgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada oğirlaştirgan. Oqibatda Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirida ikkiga: Şarqiy turk xoqonligi va Ğarbiy turk xoqonligiga bölinib ketadi. Turk xoqonligining Oloy toğlari şarqidan to Uzoq Şarqqaça bölgan hududi, yaʼni Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Möğuliston) va Şimoliy Xitoy Şarqiy xoqonlik tasarrufida bölgan. Mazkur xoqonlikning poytaxti Ötukan vodiysi (Möğuliston)da qaror topgan. Oloy toğlarining ğarbida joylaşgan ölkalar: Yettisuv, Şarqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutaşgan hudud Ğarbiy xoqonlik tarkibiga kirgan. Qarorgohi Yettisuvda joylaşgan. Mustahkam markazlaşgan davlat — bu barça hududlari yagona hukmdor hokimiyati tomonidan idora qilinuvçi davlat.