Xorazm xonligi
Özbek davlatçiligi tarixi bosqiçlaridagi Örta Osiyoda mavjud bölgan uçta özbek xonliklaridan biri (1512,13—1920 yillarda). Poytaxti – Vazir, Köhna Urganç, XVI asrning 70-yillaridan boşlab – Xiva şahri.
Temuriylar hududini Şayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. Şayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qöl ostiga ötdi. Ularga qarşi xalq qözğolonlari bölib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirğon qişloğidan mulla Sayd Hisomiddin boşçilik qildi. Ikki yil davom etgan kuraşlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib çiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511-yilda Vazir şahrini egallagan şayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.
1512-yilga kelib xonlik hokimiyati köçmançi özbeklarning boşqa uruği (şajarasi) rahbari Elbarsxon qöliga ötadi. Şu vaqtdan boşlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda Vazir, Qöhna Urganç va Xiva şaharlari bölgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan taşqari Manğişloq, Balxan toğlari, Dehiston, Özboy (Uzboy) va Örta Xuroson hududlari kirgan.
Elbarsxon (1512-1516) bilan birga Daşti Qipçoqdan Xorazmga kelgan qabilalar ötroqlaşganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron şimolidagi Saraxs, Orol va Manğişloqni egallaşgan. Yangi yerlarni Elbarsxon öğillari va ukasi, qarindoşlariga bölib berişi natijasida mayda hokimliklar paydo bölgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz özaro nizolar sababli xonlar tez-tez almaşib turgan. 16-asrda Xiva xonligini Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516), Söfiyonxon (1516—22), Bujaqaxon (1522—26), Avaneşxon (1526—38), Alixon (1538—47), Akatoyxon (1547—56), Yunusxon (1556—57), Döstxon (1557—58), Hoji Muhammadxon (1559—1602) lar boşqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari örtasidagi özaro qirğinlaridan taşqari Buxoro va Xiva xonligi örtasida uruşlar azobini ham tortişga majbur bölgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida (1537—38; 1593; 1595—98) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva xonligini Buxoroga böysundirganlar. Bu uruşlar va 16-asrning 70-yillarida Amudaryo özanining özgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qöyganligi ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir körsatgan hisoblanadi.
XVII asr boşlariga kelib, Xorazm taxti uçun bölgan sulolaviy kuraşlardan söng, taxtga ötirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi özining yuqori çöqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonçilik yurişlari, Arab Muhammadxonning öğillari Habaş va Elbarslarning otalariga qarşi çiqişlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kuraşda ularning qöli baland kelib, otalarini qatl ettirişga erişadilar. Padarkuş Elbars va Habaş sultonlar (1621—23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623—43) tomonidan taxtdan tuşirilib, qatl qilingan. Eron şohi Abbos I homiyligida taxtga çiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol böyidagi özbek qönğirotlari Asfandiyorga böysunmay qöyişgan. Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuçaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulğoziy Bahodirxonni 1643 yilda xon qilib kötarişgan. Abulğoziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644 yilda Xiva xonligi taxtiga ötirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Çorjöy, Vardanza, Qoraköl, Karmana atroflariga bir neça marta harbiy yurişlar qildi.
Abulğoziy Bahodirxon 1662-yilda Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663 yilda hokimiyatni öğli Anuşaxonga topşirgan. Şunga qaramay Xiva qöşinlari Buxoro, Samarqand, Qarşiga talonçilik yurişlarini davom ettirgan. 1685-yilda Xiva qöşinlari Ğijduvon yaqinida mağlubiyatga uçragaç, Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri kuçaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon Anuşaga qarşi fitna uyuştirib, uning öğli Arang Muxammadxonga taxtni egallaşga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa bölgan. 17-asrning oxiri – 18-asr boşlarida Xiva xonligida Xudoydodxon (1687—88), Özbekxon—Arnakxon (1688—90), Jöji Sulton (1694—97), Valixon (1697—99), Şohniyozxon (1699—90), Şohbaxtxon (1702—03), Sayid Alixon (1703—05), Musaxon (1705—06), Yodgorxon (1706—13) kabi önlab xonlar almaşgan. Bu mamlakat ahvolini yanada oğirlaştirgan. Xuddi şu davrga kelib Rossiyaning Şarqqa bölgan qiziqişi ortgan va Pyotr I 1714—17 yillarda Aleksandr Bekoviç-Çerkasskiy boşçiligida Xivaga harbiy ekspeditsiya jönatgan. Xiva xoni Şerğozixon (1714—28) Qayrağoç darasidagi oçiq töqnaşuvda katta talafotga uçragaç, harbiy hiyla işlatib, rus qöşinlarini 5 ta şaharga bölib yuborgan va ularni alohida-alohida qirğin qilgan. Bu paytda içki nizolar, zulm avj olgan, Orol böyi aholisi Xivaga böysunmay qöygan edi. 1728 yilda Xivadagi Şerğozixon madrasasi qurilişida qullar qözğolon kötarib, xon va uning mulozimlarini qatl qilişgan. Şu voqeadan keyin Xiva xonligida siyosiy öyin yana avj olgan. Xiva xonligidagi özaro uruşlarda Elbarsxon (1728—39) hokimiyatni qölga kiritgaç, içki nizolarni bostirib, qöşni hududlarga bosqinçilik yurişlarini amalga oşirgan. 1740-yilda Eron şohi Nodirşoh Xiva xonligiga bostirib kirib, uni öziga böysundirgan. 1741-yilda xorazmliklarning qözğoloni eroniylar tomonidan bostirilgan.
Buxoro xonligi bilan Örta Osiyoda hukmronlik huquqi yölidagi kuraşda Xiva askarlari Qoraköl, Çorjöy, Vardanzini xorabazorga aylantirdi va Karmanagaça yetib keldi. 1662 yil Xiva xoni Abulğozixon navbatdagi uruşdan söng Buxoro xoni Abulazizxon bilan sulh tuzdi. Lekin uning öğli Anuşaxon (1663-1687yy.) davrida Buxoroga hujumlar yana davom ettirildi. 1685 yil xivaliklar Samarqandni egallab olişga muvaffaq bölişdi. Lekin Ğijduvon yonida Anuşaxon mağlubiyatga uçradi va Samarqandni taşlab çiqişga majbur böldi. Köp ötmasdan Buxoro xoni Anuşaxonga qarşi fitna uyuştirdi, unda Anuşaning öğli Ernak(Ereng) ham iştirok etdi. 1687 yil Anuşa hibsga olinib, közi kör qilindi. 1668 yil Buxoro xoni Subxonquli Xorazmni öziga böysindirdi va uning hukmdori etib Şohniyozni tayinladi- keyinçalik u xonlik unvonini qabul qildi. Şohniyoz xonlik hokimiyatini mustahkamlaş va Buxoroga tobelikdan xalos bölişga intildi. Şu maqsadda 1700 yil Buxorodan yaşirin holda Petr I ga elçi jönatib, qöl ostidagi xalqi bilan özini Rossiya fuqaroligiga qabul qilişni söradi. Xon Arab Muhammad (1702-1714) ham Rossiya kömagiga umid qilgan körinadi. Şerğozixon (1715-1728) hukmronligi davrida feodal fitnalari davlatni bölak-bölakka ajratib taşlagan. 1717-yil Xiva xonligi Rossiya davlatining A.Bekoviç-Çerkasskiy boşçiligidagi harbiy ekspedisiyasi hujumini bartaraf etişga muvaffaq bölgan. Şerğozidan söng xonlik taxtiga Elbars (1728-1740) ötirdi. Eron şohining Afğoniston va Hindistonga qilgan yurişidan foydalangan Ilbars Xurosonga hujum qildi. Uşbu voqea, şuningdek Xiva tomonidan Eron hukmronligining rad etilişi va Buxoroni harbiy jihatdan qöllab quvvatlanişi Nodirşohni Xorazmga yuriş qilişga undadi. Hazorasp yonida Ilbars mağlub böldi. Tört kunlik qamaldan söng Nodirşoh poytaxtni zabt etdi. Xiva armiyasining katta qismi Nodirşoh qöşinlari tarkibiga kiritildi. Xivada Nodirşoh vakili va Eron harbiy garnizoni qoldirildi. Lekin xonlikning şimoliy qismida Eron hukmronligi kuçga ega emas edi. Bu yerda orolliklar orasida 1730—1732-yillarda Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Kiçik qozoq ulusi xoni Abul Xayrning öğli Nuralining mavqei baland edi. 1741 yil xivaliklar Eronga qarşi boş kötarişdi. Xiva qözğolonçilar tomonidan ozod etildi hamda vakil va garnizon yöq qilindi. Xonlik taxtini Nurali egalladi. Bu voqealardan xabar topgan Nodirşoh öğli Nurullomirzoga Xorazmga qarşi yurişni buyuradi. Nuralini taxtga kötargan Xiva korçalonlari Marvga böyin egib borişadi. Ularning iltimosiga köra Nodir Xiva xonligiga Ilbarsning öğli Abu Muhammadni tayinlaydi. 18 asrning 40-yillarida Xivada bir neça xon almaşdi.
18-asr örtalaridagi xonlar goh Eron şohlarining xohişi, goh Buxoro hukmdorlarining taʼsiri, goh mahalliy aholi qönğirot uruğining yordami bilan tez-tez almaşinib turgan. Bu davrda Tohirxon (1739—40), Abulxayrxon (7—8 kun), Nuralixon (1740—42), Abulğoziyxon II (1742—46), Ğoyibxon (1746—56), Qoraboyxon (1756—57), Temurğoziyxon (1757—64) va boşqalar Xiva xonligida rasman hukmronlik qilişgan. 18-asrning 60-yillaridan badavlat şaharliklar va ruhoniylarning qöllab-quvvatlaşiga erişgan özbek qönğirot uruğlari Xiva xonligida hokimiyatni qölga ola boşlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770 yilda turkmanlarning qarşiligini sindirib, 1782 yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida özbek qönğirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmunça yaxşilangan.
Bu bilan 19-asr boşlarida özbek qönğirotlar sulolasi hokimiyatni rasman egallaşiga zamin tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad Inoqlar çingiziy sultonlar nomidan hokimiyatni boşqargan bölsalar, ularning vorisi Eltuzar (1804—06) 1804 yilda Abulğoziyxon V Yodgorxon öğli (1802— 04)ni taxtdan tuşirib, özini xon deb eʼlon qilgan. Şuning uçun ham Eltuzarxon Xiva xonligi taxtiga ötirgan qönğirotlar sulolasining 1-xoni hisoblanadi. Uning vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlaştirişni nihoyasiga yetkazgan. 1811 yilda bir qança yurişlardan keyin qoraqalpoqlarni ham Xiva xonligi tarkibiga qöşib olgan. U ötkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boşqaruv tizimi takomillaşib, soliqlar tartibga tuşgan.
Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—56) davrlarida Xiva qöşinlarining Xurosonga yurişlari kuçaydi, Marv şahri uçun Buxoro amirligi bilan tez-tez uruşlar bölib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kuşkagaça bölgan yerlarni boşqargan. 1855 yilda Saraxsni qamal qiliş paytida Muhammad Aminxonning halok bölişi mamlakatda parokandalikka sabab bölgan. Abdullaxon (1855—56), Qutluğmurodxonlar (1856) 6 oydan köp hukmronlik qilmaslaridan öldirilgan. 1856 yilda taxtni Said Muhammadxon (1856—64) egallagan.
Xiva xonligida sönggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II (1864—1910) bölgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan ösişi közga taşlanadi. Lekin, 1873 yilda Rossiya Xiva xonligini bosib olgan, Muhammad Rahimxon II va K.P.Kaufman imzolagan Gandimiyon şartnomasiga köra, Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan. Asfandiyorxon (1910—18) Rossiyadagi özgarişlar sabab Xiva xonligida zulmni kuçaytirgan. Şu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 yillarda vazir Islomxöja boşçiligida islohotlar ötkazişga harakat qilgan. 1914—16 yillarda soliqlarning köpayişi, iqtisodiy ahvolning oğirlaşişi sababli xalqning norozilik harakati kuçaydi.
1917 yilda Rossiyadagi fevral inqilobi taʼsirida Yoş xivaliklar va boşqa siyosiy kuçlarning talabi bilan Asfandiyorxon majlis çaqiriş va nozirlar kengaşini tuziş töğrisidagi manifestga imzo çekkan. 1917 yil oxirlarida Xiva xonligidagi sovetlarga moyil kuçlarning olib çiqib ketilişi majlisning tugatilişiga asos bölgan. 1918 yilning yanvarida sönggi rus askarlarining Xiva xonligidan çiqib ketişi Junaidxon Xiva şahrini egallaşiga imkon bergan. Asfandiyorxon Junaidxon qölida qöğirçoq hukmdorga aylanib qolgan. Siyosiy öyinlar sababli 1918 yil oktabr oyida Junaidxon tomonidan Asfandiyorxon öldirilgan va sönggi xon Said Abdullaxon
(1918 yil oktabr – 1920 yil 2 fevral) taxtga çiqarilgan. Bu davrda Xiva xonligi mustaqil davlat sifatida faoliyat yurgizgan. Yoş xivaliklar qizil armiyaning yordami bilan 1920 yil 2 fevralda Sayd Abdullaxonni taxtdan tuşirişgan va Xiva xonligi tugatildi deb eʼlon qilişgan.
16—19-asrlar davomida Xiva xonligi hududlari doimo özgarib turgan. Dastlab xonlik hududi Xorazm vohasidagina joylaşgan bölsa, keyinçalik uning çegarasi janubda Eron va Marvgaça, şimolda Ural daryosigaça bölgan yerlarga çözilgan, şarqda Buxoro amirligi, ğarbda esa Kaspiy dengizi qirğoqlarigaça yetgan. Ruslar bosqinidan keyin Amudaryoning çap qirğoğida 62237,2 km² yer maydoniga ega kiçik vassal davlatga aylanib qolgan. Aholisining soni ham doimo özgarib turgan. Örtaça 1 mln. kişi atrofida aholi yaşagan. Uning köpçiligini özbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, arablar, ruslar va boşqalar taşkil qilgan.
Xiva xonligi boşqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qöqon xonliklaridek bölib, farqi, 19-asr boşlaridan xon huzurida Kengaş (Devon) bölgan. Eng yuqori amaldorlardan taşkil topgan kengaş vakolati çeklangan. Asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan bölsada, amaldorlarning xonlik boşqaruvidagi mavqei baland edi. Mansab va unvonlar harbiymaʼmuriy, harbiy va diniy toifalarga bölingan. Inoq, otaliq, biy, amir ulumaro, mehtar, quşbegi, beklarbegi, devonbegi va boşqa unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy hayotida muhim örin tutgan. Xonlik sud işlari, asosan, diniy ulamolar qölida bölib, ularning mamlakat hayotida taʼsiri kuçli bölgan.
Xonlikda davlat tili özbek tili bölib, Buxoro va Qöqondan farqli ölaroq barça farmonlar, davlat hujjatlari faqat özbek tilida yozilgan. 16 – 18-asrlarda Xiva xonligining maʼmuriy jihatdan bölinişi viloyat deb atalgan bölsa, 18-asrdan beklik deb atala boşlagan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik bölgan bölsa, keyinçalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boşqargan. Xiva ş. esa xon va boş vazir tomonidan boşqarilgan.
Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori bölib, iqtisodiy hayotning asosini taşkil qiluvçi yer ham, asosan, ular qölida bölgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib işlaganlar va ularning ahvoli juda oğir bölgan. Sunʼiy suğorişga asoslangan dehqonçilik mamyaakat iqtisodida muhim örin tutgani uçun Amudaryodan çiqarilgan kanallarni qaziş davlat ahamiyatiga molik iş hisoblangan. Şuningdek, çorvaçilik, hunarmandçilik, savdosotiq ham iqgisodiy hayotda muhim örin tutgan.
Xonlik harbiy qöşini va qurol aslahasini yaxşilaş juda past darajada bölgan. Qöşinni köproq yarim köçmançi turkmanlar taşkil etgan. Oldingi davrlardagi harbiy sohadagi ijobiy tajribalar rivojlantirilmay taşlab qöyilgan.
Boşlanğiç maktabda öqiş, yozişni örgangan bolalar madrasalarda öqitilgan. 19-asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boşlanğiç maktab va 103 Madrasa mavjud bölgan. Xiva şahrining özida 22 ta Madrasa bölgan. 19-asrda Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, xattotlik, musiqa sanʼati, meʼmorlik va madaniyatning boşqa sohalarida muayyan yutuqlar qölga kiritilgan.
Munis, Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy, Kamron, Bayoniy, Xisraviy, Murodiy, Rojiy, Mutrib Xonaxarobiy, Laffasiylar asarlari özbek adabiyoti rivojida öziga xos öringa ega. Tanbur çiziği notasini yaratgan Komil Xorazmiy “Maqomi Feruz Şohiy” asari va “Panjgoh” maqomi bilan özbek millati sanʼatiga katta hissa qöşgan. Abulğoziyxon “Şajarayi turk”, “Şajarayi tarokima” asarlari bilan Xorazm tarixnavislik maktabini boşlab bergan bölsa, Munis va Ogahiylar tarixnavislik va tarjimonlik maktabini yaratib, “Firdavs uliqbol”, “Zubdat uttavorix”, “Ğiyos uddavlat”, “Jome ulvoqeoti sultoniy”, “Şohid ul iqbol” asarlari bilan tarix sohasini rivojlantirdilar. Bayoniyning “Şajarayi Xorazmşohiy”, “Xorazm tarixi” asarlari Özbekiston tarixini örganişda asosiy manbalar hisoblanadi.