Toshkentda saylovoldi dastur loyihasining ilk taqdimoti


137     23.08.2024

   Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi loyihasi taʼlim, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari hamda yoshlar ishtirokida muhokama qilindi.
   Tadbirda so‘zga chiqqan partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosarlari Mirodil Abdurahmonov ishtirokchilarni yangi Saylovoldi dasturi loyihasi mazmun-mohiyati bilan keng tanishtirgan bo‘lsa, Feruza Muhammedjanova dasturning tayyorlanish jarayoni va unda partiya elektorati, jamoatchilikning ishtiroki haqida gapridi.
   – Bugun qayerga qaramang davlat tili bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlariga ko‘zingiz tushadi. Til millat borligini ko‘rsatuvchi eng asosiy qadriyat ekan, uni himoya qilish har birimizning vatanparvarlik burchimiz bo‘lishi lozim. Shu maʼnoda, partiya dasturida davlat tili maqomi va nufuzini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar menga maʼqul keldi va ularning ijrosini taʼminlashga barchamiz birdek hissa qo‘shmog‘imiz lozim, – dedi tadbir ishtirokchisi  Nusrat Yo‘ldoshev.
   Tadimotda ishtirokchilarning Saylovoldi dasturi bo‘yicha fikr-mulohazalari eshitildi. Yangi taklif va tashabbuslar o‘rtaga tashlandi.