Kuchli partiya – bu faqat g‘oyalar majmuasi emas, balki...


472     04.11.2025

Xavfsizlik, hayot sifatining o‘sishi, ijtimoiy harakatchanlik, milliy manfaatlarni himoya qilish va institutlarning barqarorligi bular – partiya jamiyatga taqdim etishi shart bo‘lgan “ijtimoiy mahsulotlar”dir. Faqat shunday yo‘l bilan u tarixiy jarayonda o‘z o‘rnini saqlab qolishi mumkin.

✅ Biz ishonamizki, yangilanishlar davrida anʼana bilan texnologiyani, milliy qadriyatlar bilan global chaqiriqlarni uyg‘unlashtira olgan kuchgina millatning barqaror tayanchi bo‘la oladi.

✅ Partiya jamiyatning talablarini aniqlab, uni siyosatning kun tartibiga aylantira olishi kerak: muammolarni - gipotezalarga, gipotezalarni - yechimlarga, yechimlarni - moliyalashtirish va muddatlarga. Bu esa tahliliy madaniyatni, maʼlumotlar bilan ishlash ko‘nikmasini va mavjud vaziyatni haqqoniy baholash qobiliyatini talab qiladi.

✅ Kuchli partiya – bu faqat g‘oyalar majmuasi emas, balki inson kapitali hamdir: bilimli, halol va ishni oxiriga yetkaza oladigan kadrlar jamoasi. Qisqasi, partiya – bu siyosiy maktabdir.

✅ Jamiyatni eshitadigan, institutlar yaratadigan, kadrlar tayyorlaydigan va qabul qilingan qarorlarni ijro etishni taʼminlaydigan partiya – siyosiy jarayonning ishtirokchisi emas, balki barqaror rivojlanishning meʼmoridir.

 

Alisher Qodirov, 
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi