647 05.11.2025
Shu kunlarda Samarqand shahrida dunyo ahamiyatiga molik bo‘lgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilayotgani bu nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun juda katta tarixiy voqea bo‘ldi.
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ochiq va faol tashqi siyosat, madaniy merosni asrash hamda barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan saʼy-harakatlar bu kabi nufuzli xalqaro anjumanlarni yurtimizda o‘tkazish imkonini yaratmoqda.
Samarqand YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kirgan bebaho shahar. Ana shu qadimiy maskanda ilk bor YUNESKOning bosh sessiyasi o‘tkazilayotgani O‘zbekistonning xalqaro nufuzi yuksalib borayotganining yorqin namunasidir.
Anjuman doirasida taʼlim, fan, madaniyat va axborot sohalarida yangi hamkorlik yo‘nalishlarining belgilab olinishi, yoshlar va ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga oid tashabbuslarning qo‘llab-quvvatlanishi tashkilot faoliyatida yangi sahifalar ochib, uning nufuzini yanada yuksaltirishi shubhasiz.
An Dmitriy,
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati