682 07.11.2025
Partiya Markaziy kengashida taniqli iqtisodchi Abdulla Abduqodirovning “Taraqqiyot yo‘lagi va qadriyatlar” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Maʼlumki, taraqqiyot inqilobiy sakrashlar bilan emas, evolyutsion o‘zgarishlar orqali barqaror natijaga erishadi. Shu maʼnoda, yangi asarda tarixiy tajribalar tahlili orqali davlatchilik va shaxsiy qadriyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, ularning qaror qabul qilishga taʼsiri va milliy strategiyalarni amalga oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan.
Davlat taraqqiyoti mantig‘i va qadriyatlar o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, boshqaruv uslubi va ularning samaradorligi falsafiy-iqtisodiy nuqtai nazardan asoslangan. Shu bilan birga, strategiya ijtimoiy shartnomaning bir ko‘rinishi sifatida baholanib, uning mohiyatini belgilaydigan tarixiy omillar, iqtisodiy boshqaruv natijalari va davlat siyosatidagi izchillik masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Yangi asar davlat boshqaruvi, iqtisodiy siyosat va milliy rivojlanish falsafasiga qiziqqanlar uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.