YUNESKO O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda


646     07.11.2025

Shu kunlarda Samarqandda o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasi dunyo sahnasida O‘zbekistonning obro‘sini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida taʼkidlaganidek, “YUNESKO doirasida o‘tkazilayotgan ushbu anjuman, avvalo, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamkorlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”.

Mazkur sessiya keng qamrovli va global miqyosda o‘tkazilayotganini dunyoning yetakchi OAV hamda 500 dan ortiq xalqaro jurnalistlarning Samarqandga kelganidan ham bilish mumkin. Bu esa mamlakatimizning tarixiy merosi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini keng auditoriyaga yoyishga ham katta yordam bermoqda.

Xalqaro konferensiya O‘zbekiston uchun nafaqat xalqaro siyosiy maydonda, balki ichki imkoniyatlar kengayishiga ham sabab bo‘ladi. Yaʼni, madaniyat, sanʼat va taʼlim sohasidagi yoshlar, olimlar, ijodkor va talabalar ham global ilmiy-madaniy muloqot muhitiga yaqinlashadi. Shu bilan birga, turizm rivojiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, YUNESKO konferensiyasi buyuk o‘tmishga ega va bugun zamonaviy taraqqiyot yo‘lida ildam borayotgan O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Sahodat MURTAZOVA,
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati