Nafaqat bugun, kelajak uchun ham tarixiy voqeylik


478     10.11.2025

Fraksiya yig‘ilishi tarixiy voqea – Vashingtonda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH yetakchilari uchrashuvi muhokamasi bilan boshlandi. Taʼkidlanganidek, bevosita Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning saʼy-harakati bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi barcha muammolar hal etildi va bu mintaqaning dunyoga keng ochilishiga sabab bo‘ldi.

– Markaziy Osiyo dunyoning barcha qudrat markazlari uchun muhim mintaqaga aylandi. AQSHda o‘tgan “C5+1” sammiti buni yaqqol tasdiqlaydi va bu tarixiy uchrashuv nafaqat bugungi kun, kelajak uchun ham muhim ahamiyatga ega, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.