548 11.11.2025
“O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” sifatida keng nishonlanadigan bo‘ldi. Joriy yilda ushbu sana uyushmaning 120 yillik yubileyiga to‘g‘ri keldi. Shu munosabat bilan Markaziy kengashda “Kuchli kasaba uyushmasi – kuchli jamiyat asosi” mavzusida tadbir tashkil etildi va unda so‘nggi yillarda uyushma faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, uni odamlarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini chuqur biladigan, amaliy yordam bera oladigan tuzilmaga aylantirish yo‘lida samarali ishlar xususida fikr almashildi.
Bugungi kunda kasaba uyushmalari 8 millionga yaqin aʼzoni birlashtirgan eng yirik nodavlat tuzilma sifatida mehnatga oid qonunlar va inson manfaatlarini himoya qilishda faol ishtirok etmoqda. Keyingi yillarda 500 mingdan ortiq xodimning huquqlari tiklandi, 267 milliard so‘mlik to‘lovlar ular foydasiga undirildi. 13 mingdan ortiq xodim ishga qaytarildi. Bu faqat statistika emas – bu minglab oila taqdiri, hayotga bo‘lgan ishonchdir.