682 12.11.2025
Partiyaning Toshkent shahar Kengashida “Tibbiyot xodimlari – xalq salomatligi posbonlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda sohani rivojlantirish, xizmat sifatini oshirish hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir yakunida Toshkent shahar va tuman Kengashlarida faoliyat yuritayotgan deputat-shifokorlarning mashaqqatli hamda sharafli mehnati eʼtirof etilidi. Markaziy kengash tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.