“Deputat va yoshlar uchrashuvi”dan asosiy maqsad...


853     12.11.2025

Toshkent shahridagi G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filialida o‘tkazilgan uchrashuvda partiya vakillari “Milliy tiklanish”ning yoshlarga oid siyosati bo‘yicha maʼlumotlar berdi. Shu bilan birga deputatlar va talabalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning siyosiy jarayonlardagi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ishtiroki kabi masalalarni muhokama qildilar.

Ma‘lumki, partiya “Yosh millatparvarlar” shiori ostida yoshlarning birlashishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik ruhida tarbiya topishi va yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda ularning intellektual shakllanishi tarafdoridir. Bu kabi uchrashuvlardan asosiy maqsad esa yoshlarni qonun ijodkorligi jarayonlariga keng jalb etish, ularning siyosiy bilim va dunyoqarashini rivojlantirish, partiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.