Yangiliklar

433 23-11-2021
Yana bir murojaatga yechim topildi
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Kogon shahar Kengashi deputati Dilshod Qurbonov tomonidan fuqarolarning yana bir murojaati hal qilindi. Deputat saʼy-harakati bilan yillar davomida yechilmay kelinayotgan “Navzirobod” mahallasidagi Amirobod ko‘chasiga nihoyat asfalt yotqizildi.
– Aholining har bir murojaat va taklifini e‘tiborga olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amaliy yordam ko‘rsatish biz deputatlarning asosiy vazifamizdir, – deydi D.Qurbonov.