Markaziy Osiyo tom maʼnoda o‘zgardi


880     14.11.2025

Taraqqiyot yo‘lini tanlagan har qanday davlat avvalo qo‘shnilari bilan tinch-totuv bo‘lishi lozim. Afsuski, shunday davrlar bo‘ldiki, Markaziy Osiyo muammoli mintaqalardan biriga aylangan, azaliy qo‘shnilar o‘rtasida ziddiyatli masalalar ko‘p edi. Aynan O‘zbekiston Prezidentining siyosiy irodasi bilan nafaqat O‘zbekiston, Markaziy Osiyo ham har jihatdan o‘zgarib, tinch mintaqaga aylandi.

– Bugun qo‘shni davlatlar o‘rtasida tom maʼnoda teng sheriklikka asoslangan manfaatli, ishonchli aloqalar yo‘lga qo‘yildi va bu dunyoning eng rivojlangan davlatlari tamonidan ham tan olinib, hamkorlik qilishga intilyapti. Yaqinda Vashingtonda o‘tgan “C5+1” sammiti fikrimiz tasdig‘idir, – dedi “Milliy tiklanish” fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov.