Hujjatbozlikka barham berilgan, biroq...


181     26.08.2024

   Yig‘ilishda Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

   O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan aholining davlat idoralariga ishga qabul qilinishida talab qilinadigan hujjatlar soni keskin qisqartirilgan va ba'zi maʼlumotnomalarni talab qilish taqiqlangan. Bunday hujjatlar ish beruvchi tomonidan mustaqil ravishda idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinishi kerak.

   Biroq ayrim idora va tashkilotlar hamon bu tartiblarga amal qilmayapti. Chunki amaldagi Mehnat kodeksiga bu bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmagan. Aynan ushbu qonun loyihasi bilan bunday nomuvofiqliklarga barham berilyapti.

   Ushbu qonun loyihasini tayyorlashda xorijiy tajriba ham o‘rganildi. Aksariyat davlatlarda ishga qabul qilishda xodimlardan faqat o‘zi haqidagi maʼlumot (rezyume) so‘raladi, xolos.