906 17.11.2025
Fraksiya yig‘ilishi Toshkentda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi muhokamasi bilan boshlandi. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov ushbu masalaga munosabat bildirib, partiyaning Saylovoldi dasturida mintaqamizda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha bir qator vaziflar belgilanganini taʼkidladi.
– Aynan Davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan bugun mintaqamizda ana shunday muhit qaror topdi va bu Yangi O‘zbekiston islohotlari samarasi bilan bog‘liq, – dedi fraksiya rahbari.