946 17.11.2025
Maʼlumki, sanoat zonalarida ishlayotgan tadbirkorlarga maʼlum majburiyatlar yuklanadi. Lekin so‘nggi yillarda majburiyatini bajarmayotgan subyektlar ko‘paygan va maxsus direksiyalar davlat bojini to‘lab, sud orqali ulardan yerni qaytarib olishi kerak. Ammo moliyaviy holati yaxshi bo‘lmagan direksiyalar sudga da’vo arizasini kirita olmayapti.
Ikkinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan maxsus direksiyalarni sudga ariza kiritganda davlat bojini to‘lashdan ozod etish taklif etilmoqda. So‘nggi besh yilda 1896 ta da’vo arizasi kiritilgan va buning uchun 2 mlrd so‘m boj to‘langan.