997 17.11.2025
Ombudsmanning taklifi bilan ehtiyot chorasi sifatida tergov hibsxonalarida saqlanayotganlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish taklif etilmoqda. Chunki so‘nggi yillarda bu borada murojaat va eʼtirozlar ko‘paygan.
Jumladan, qonun loyihasida bunday shaxslarga dam olish va ishlanmaydigan bayramlarda ochiq havoda sayr qilishi, yaqinlaridan kiyim-bosh olishi hamda har oyda oziq-ovqat va eng zarur narsalarni sotib olishi uchun ruxsat etilgan pul miqdorini oshirish nazarda tutilmoqda.