Mana, nima uchun tadbirkorlikni rivojlantirish kerak?


598     21.11.2025

Partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova ayni paytda Qoraqalpog‘istonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida mahalliy kengash deputatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Dastlab, partiya xodimlari va deputatlar bilan uchrashib, xalq vakillarining ishini yanada faollashtirish  masalalarini muhokama qildi. So‘ngra Nukus shahri "Yel abat" mahallasida  tadbirkorligini boshlagan Zuhra Yuldashova faoliyatini o‘rgandi.

Gap shundaki, tadbirkor yaqinda Jukorg‘i Kenges deputati Olga Niyazovaning yordami bilan 50 mln so‘m kredit olib, kichik tamaddixona ochgan edi. Tez orada tamaddixona doimiy mijozlarga ham ega bo‘ldi va bugun Z.Yuldashova nafaqat o‘zini, yana to‘rt kishini doimiy ish bilan taʼminlagan.