“Qadriyatlar va Yangi O‘zbekiston orzusi”
159 28.08.2024
[]
Partiya Markaziy kengashida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” g‘oyasi asosida “Qadriyatlar va Yangi O‘zbekiston orzusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan partiya fraksiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda tarixchi olimlar, ilm-fan va taʼlim sohasi vakillari, yoshlar ham ishtirok etdi.
Davra suhbatida Yangi O‘zbekiston orzusining mazmun-mohiyati, milliy qadriyatlar va ularning jamiyatdagi o‘rni, mustaqil davlatning rivojlanish yo‘lida milliy o‘zlikni anglash va mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Yangi O‘zbekiston qurilishida milliy qadriyatlarning tutgan o‘rni, ularni targ‘ib qilish va keng jamoatchilik ongiga singdirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda xalqimiz manfaati, davlatimiz taraqqiyoti yo‘lida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bunda milliy qadriyatlarimizni avaylab asrash, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, yoshlar taʼlimi-tarbiyasini yaxshilash borasidagi natijador harakatlar alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi O‘zbekiston islohotlari jarayonida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ham o‘z g‘oya va maqsadlaridan kelib chiqqan holda muhim tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda. Jumladan, taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, pedagoglar maqomini oshirish, yoshlar taʼlimini sifat jihatdan yaxshilash, tarbiya masalasiga alohida ustuvorlik berish, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish singari yo‘nalishlarda olib borayotgan saʼy-harakatlari samarali bo‘lyapti.
“Qadriyatlar va Yangi O‘zbekiston orzusi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ham, shubhasiz, Yangi O‘zbekistonning barpo etilishida milliy qadriyatlar ahamiyati muhimligi yana bir bor eʼtirof etildi. Ishtirokchilar bu borada o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.