Eng yaxshi sarmoya ilmga tikilgan sarmoyadir


497     27.11.2025

Fraksiyamiz aʼzolari yana hududlarda o‘rganishlarini boshladi. Jumladan, Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Nazira Muxtorova Jizzax shahrida yaqinda foydalanishga topshirilgan “Jizzax tibbiyot klasteri” hamda “Sarmoya books” kitobxonlar markazi shart-sharoitlari bilan tanishdi.

“Jizzax tibbiyot klasteri” viloyatda zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq taʼminlangan sanoqli davo maskanlaridan biri hisoblanadi. 20 mingdan ortiq kitob fondiga ega “Sarmoya books” esa allaqachon shahar kitobsevarlari markaziga aylanib ulgurdi.