486 27.11.2025
Buxoroning G‘ijduvon tumaniga safarga chiqqan Maxsud Muhammedov bu gal asosiy eʼtiborni kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash masalalariga qaratmoqda. Shu maqsadda, “Ortiq dilnavoz” tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qo‘shimcha ish o‘rni yaratish masalasini o‘rgandi. Maʼlum bo‘lishicha, bir paytlar muhtoj ayollar ro‘yxatida bo‘lgan korxona rahbari 1,5 mlrd so‘mlik kreditdan samarali va maqsadli foydalanib, bugun 100 nafar ayolni ish bilan taʼminlagan.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan “International migration line” xususiy bandlik agentligi rahbarlari bilan uchrashgan deputat MCHJ faoliyatini kengaytirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni o‘rgandi. Shuningdek, “Zarafshon” mahallasi fuqarosi Z.Shavkatovaning kredit bilan bog‘liq masalasi deputat ko‘magida hal etildi.