Chortoqliklarning eng katta muammosi hal bo‘lish arafasida


901     27.11.2025

Deputat Dilnoza Azizovaning Chortoq tumani hokimi hamrohligida “Arbag‘ish” mahallasidan tuman markaziga tortilayotgan 52 km uzunlikdagi ichimlik suvi loyihasi bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishgani bejiz emas. Keyingi paytlarda deputatga aholidan ushbu masalada ko‘plab murojaatlar bo‘layotgan edi. 300 mlrd so‘mlik loyiha ijrosi tuman markazi aholisini uzluksiz va sifatli suv bilan to‘la taʼminlaydi.

Mahalla “yettiligi” vakillari bilan ham uchrashgan deputat, dolzarb ekologik masalalar – chiqindi, daraxtlarni asrash va yashil hududlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. O‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish harakatida bo‘lgan fuqarolarga yordam berish va bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga ham eʼtibor qaratildi.