Asosiy masala maishiy korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik


485     27.11.2025

Buxoroning Olot tumanida bo‘lib turgan Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov o‘z yo‘nalishidan kelib chiqib, ijtimoiy muassasalarda maishiy korrupsiya holatlarini o‘rganmoqda. Tumandagi maktablar direktorlari, bog‘cha mudiralari hamda tibbiyot masʼullari bilan bo‘lgan uchrashuvlarda avvalo Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilgan so‘nggi yig‘ilishlar mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi, maishiy korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatning davlat xizmatlari markazida bo‘lgan uchrashuvida aholiga tez va sifatli xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilingan bo‘lsa, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida asosiy eʼtibor aholini bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish va bunda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka qaratildi.