Deputatlar “yettilik” faoliyati bilan tanishdi


909     28.11.2025

Jizzaxda o‘rganishlar olib borayotgan Qonunchilik palatasi deputati Bahodir Mamatxonov mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashdi. Asosiy eʼtibor partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, deputatlarning aholini ish bilan taʼminlash va bu orqali kambag‘al qatlamni kamaytirish borasidagi faolligini yanada kuchaytirish masalalariga qaratildi.

Fraksiyamiz aʼzolari Nazira Muxtorova hamda Bahodir Mamatxonovlar viloyat markazidagi “O‘ratepalik” mahallasi faollari bilan ham uchrashdi. “Yettilik”ning kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishdi. Deputatlar issiqxona tashkil etib, tomorqasidan unumli foydalanayotgan eng namunali oila xonadonida ham bo‘lishdi.