Oilaviy zo‘ravonlikni kuchaytirayotgan yangi xatar


565     29.11.2025

Surxondaryoda o‘rganishlar olib borayotgan deputat Nigora Lutfullayeva mahalliy deputatlar hamrohligida Termiz tumanidagi maktablar o‘quv jarayoni bilan tanishdi. So‘ngra Denov tumanida "Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi doirasida “Yangiqishloq” va “Chambil” mahallasi aholisi ishtirokida o‘tkazilgan aksiyada qatnashdi. Tadbirda so‘zga chiqib, BMTning global aksiyasi, yurtimizda gender tenglikni taʼminlash, ayollar faolligini kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonliklarga barham berish hamda bu boradagi qonunchilik bilan bog‘liq o‘zgarishlar haqida maʼlumotlar berdi.     

“Afsuski keyingi paytlarda zo‘ravonlikning yangi ko‘rinishi – “onlayn” zo‘ravonlik paydo bo‘ldiki, bundan har yili dunyo ayollarining 44 foizi, yaʼni 1,8 milliard xotin-qizlar aziyat chekmoqda. Eng yomoni, raqamli zo‘ravonliklar oilaviy ziddiyatlarga aylanib ketyapti”, – deydi Nigora Lutfullayeva.