Yolg‘iz ayol muammosi tez orada hal qilinadi


879     29.11.2025

Deputat Bekmirza Eshmirzayev Qo‘shrabot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida 90-sonli maktabda bo‘ldi. Yaqinda foydalanishga topshirilgan maktabda bilim olish, sport bilan shug‘ullanish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘ngildagidek tashkil qilingan. Tuman davlat soliq inspeksiyasidagi uchrashuvda esa deputat qayta xatlov natijasida fuqarolar yer va mol-mulkiga hisoblanayotgan soliqlar miqdori, to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni bilan qiziqdi. 

“Xonnazar” mahallasida tikuvchilik bilan shug‘ullanayotgan yolg‘iz ona Gulchehra Musarova zamonaviy tikuv mashinasi olishda amaliy yordam so‘rab deputatga murojaat qilgan edi. Deputat ushbu xonadonda bo‘lib, Gulchehra opa bilan uchrashdi va bu masalada hokim yordamchisi orqali imtiyozli ravishda bank krediti asosida tikuv mashinasi olib berishga kelishdi.