2026-yilda soliqlar miqdori o‘zgarmaydi


807     01.12.2025

Fraksiyada 2026-yil uchun Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilinyapti. Jahon iqtisodiyotidagi keskin o‘zgarishlarga qaramay O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sishda davom etmoqda. 2024-yilda mamlakat iqtisodiyoti 6,5 foizga o‘sib, 115 mlrd AQSH dollariga yetgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichlar 7 foizga va  qariyb 136 mlrd AQSH dollariga yetishi kutilyapti. 

2026-yilda 6,6 foizga, 2027-2028-yillarda esa mos ravishda 6,8-6,9 foizga yetkazish maqsad qilingan. Asosiy soliqlar miqdori o‘zgarmaydi.