Taʼlimga ajratilayotgan mablag' oshiriladi


618     01.12.2025

Kelgusi yilda ijtimoiy sohalarga 220 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, bu jami xarajatlarning 54,7 foizini tashkil etadi. 

Ushbu mablag‘ning 100,3 trln so‘mini taʼlimga ajratish ko‘zlangan va bu joriy yildagiga nisbatan 8,1 trln so‘mga ko‘p. Bunda bog‘chalar xarajati 20 foizni, professional va oliy taʼlim xarajatlari esa 16,7 foizini tashkil etadi.