880 01.12.2025
Umida RAHMONOVA: darsliklar uchun 2026-yilda qariyb 2 trln so‘m ajratilyapti. Mablag‘ning ko‘paytirilayotgani yaxshi, lekin bu qanchalik o‘zini oqlaydi? Har yili mablag‘lar oshiriladi. Ammo darsliklar taʼminoti muammosi ham har yili ko‘tariladi.
Yana bir masala: Joriy yilda “Toza qo‘llar” yangi loyihasi uchun 311 mlrd so'm ajratilgan edi. 2026-yilda 221 mlrd so‘m. Lekin o‘rganishlarimizdan maʼlum bo‘ldiki, loyiha hali to‘liq ishga tushmagan, aksariyat maktab va bog‘chalar hojatxonalari talab darajasida emas, gigiyenik vositalar yetarli emas. Bunday muammolar bilan “Toza qo‘llar” haqida gapirishimiz qanchalik to‘g‘ri?