Oilaviy bog‘chalarning aksariyati statistika uchun ishlayapti


849     04.12.2025

Yig‘ilishda fraksiya rahbari Alisher Qodirov Byudjetnomaga munosabat bildirib, zaruratga qarab barcha yo‘nalishlarga yetarlicha mablag‘ ajratilayotganini taʼkidladi. Gap mablag‘da emas, gap ajratilgan mablag‘dan samarali va maqsadli foydalanishda.

– Masalan, birgina bog‘chalar uchun taʼlimga ajratilayotgan jami mablag‘ning 20 trln so‘mi yo‘naltirilmoqda. Lekin oilaviy bog‘chalarning aksariyati statistika uchun ishlayapti. Biz kutgan natijalarni ololmayapmiz, – dedi fraksiya rahbari.