Turizm qo‘mitasiga 194 mlrd so‘m ajratiladi


706     05.12.2025

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi tomonidan 2026-yilgi Davlat byudjeti loyihasiga birinchi o‘qish jarayonida berilgan takliflar real raqamlarga aylandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi yalpi majlisida Byudjetnoma loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilinib, fraksiya taklifi bilan strategik soha – turizmni qo‘llab-quvvatlash va bu borada davlat boshqaruvini yaxshilash maqsadida Turizm qo‘mitasiga 194 mlrd so‘m ajratishga erishilgani maʼlum qilindi.