1008 05.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan partiyaning Toshkent shahar Kengashi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
So‘zga chiqqanlar Konstitutsiyada belgilangan g‘oyalar – qonun ustuvorligi, adolat, inson huquqlari daxlsizligi, tenglik va demokratik qadriyatlarning ahamiyati haqida gapirib, “Inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosidagi islohotlarni yanada mustahkamlashga qaratilgani va bu taʼlim-tarbiya, iqtisodiyot, ijtimoiy himoya va boshqaruv tizimlarida samarali o‘zgarishlarga xizmat qilayotganini taʼkidladilar.